20.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
20.11.2026, 21:11
Jamiyat 👁 285

Toşqalʼadagi “Ğoyib ota” qabristoni obodonlaştirilib, atrofiga manzarali daraxt köçatlari ekildi

Toşqalʼadagi “Ğoyib ota” qabristoni obodonlaştirilib, atrofiga manzarali daraxt köçatlari ekildi

Yurtimizga bahor fasli kirib kelişi bilan yurtdoşlarimiz çor-atrofni tozalaş va obodonlaştiriş işlariga uyuşqoqlik bilan kirişadilar. Zero, obodlik bor joyda qut-baraka böladi. Bu hikmatli sözni hayoti va faoliyatiga şior qilib olgan amudaryoliklar joriy yilgi bahor faslini ham haşarlar bilan boşlab, hovli va köçalarini, mahalla va guzarlarni obod qiliş, kökalamzorlaştiriş işlariga munosib hissa qöşmoqdalar.

Tumanning Qiliçboy ovulidagi Toşqalʼa mahallasi hududida ham haşarlar ötkazilib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş işlari yuqori surʼatda, sifatli tarzda amalga oşirilmoqda.

Ramazon oyi munosabati bilan mahalla ahli fuqarolar yiğini masʼullarining taşabbusi asosida yana bir xayrli işga qöl urdilar. Navbatdagi haşar davomida hududda joylaşgan “Ğoyib ota” qabristoni atrofi obodonlaştirilib, daraxtlarga şakl berildi va ohaklandi. Qabriston hududi begona ötlardan, xas-haşaklardan tozalanib, yölaklar tartibga keltirildi.

Muqaddas islom dinimizda qabristonni ziyorat qiliş katta savoblar qatoriga kiritilgan. Marhumlar abadiy qönim topgan maskanlarni ziyorat qiliş va ularning haqlariga duoda böliş har birimizning insoniy burçimizdir. Şu sababli ham har bir yurtdoşimiz doimo milliy va diniy qadriyatlarimizni asraşga, ötgan ajdodlarimiz xotirasini uluğlaşga, ularga hurmat-ehtirom körsatişga intiladilar.

Ramazon hayiti bayrami tobora yaqinlaşib kelayotgan şu kunlarda ötkazilgan uşbu haşar esa ziyoratga keluvçilarga şaroitlar yaratiş, aholi yuradigan yölaklarni tartibga keltirişga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Haşar davomida qabriston atrofidagi 30 sotix taşlandiq yer haydalib, fermerlar tomonidan ajratilgan texnikalar yordamida yerga işlov berildi. Uşbu maydonga va qabriston atrofiga “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida 700 tup tut, 500 tup terak va yana 500 tupdan ortiq boşqa manzarali daraxtlar qalamçalari ekildi.

“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq Toşqalʼa mahallasi hududiga jami 3785 tup köçat va qalamçalar ekiş rejalaştirilgan bölsa, şu kungaça ekilgan nihollar soni 4 ming tupdan oşib ketdi.

Obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş maqsadida taşkil qilingan haşarda mahalla faollari, nuroniylari va yoşlar birdamlikda faollik körsatdilar. Yoşi uluğ nuroniylar yoşlarga hayotiy maslahatlar berib, umr yöllari davomida boşidan ötkazgan azob-uqubatlari, tortgan maşaqqatlari haqida sözlab berdilar. Yoşlar esa ğayrat va şijoatini, şu aziz Vatanimizga sadoqatini amalda namoyiş qilib, haşarda jonbozlik körsatdilar.

Haşar söngida mahalla faoli, faxriy öqituvçi Sanobar Bobojonova, yoşlar yetakçisi Izzat Qurbonboyev va qabriston şayxi Tursunboy Eşbekovlar obodonlaştiriş işlarida qatnaşganlarga öz minnatdorçiligini bildirdilar.

Ğ.Yeşniyozov

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026