Davlat xavfsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan yigʻilish tashkil etildi
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda bu borada qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning amaliy ijrosini taʼminlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar yoʻlga qoʻyilgan.
Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan yangi islohotlarni tumandagi yoshlar yetakchilariga yetkazish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tumandagi 49 ta ovul va mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar. Yigʻilishda Prezidentimizning 23-fevral kungi videoselektr yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritildi.
Qayd etilishicha, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga koʻtarilib, ertangi kun egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularga kasb-hunar oʻrgatish, sifatli taʼlim olishi va innovatsion gʻoyalarini roʻyobga chiqarishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida qator dasturlar, yangi loyihalar amalga oshirilib, yoshlar uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yigʻilishda soʻzga chiqqan masʼullar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatning har jabhasida yoshlar faolligini oshirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalarni yoshlar yetakchilariga yetkazdilar.
Xususan, hududlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish borasida oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritildi.
Yoshlar yetakchilari tomonidan oʻzlarining faoliyatlari mobaynida duch kelayotgan turli muammo va qiyinchiliklar yuzasidan savollar berildi. Masʼullar tomonidan barcha savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchilari ertangi kun egalarining boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanish, sanʼat va sportga qiziqishlarini uygʻotish maqsadida turli maʼnaviyat va sport tadbirlarini tashkil etish borasida takliflar bildirdilar.
Maʼsullar bildirilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, taklif va tavsiyalarni oʻrganib, ular yuzasidan tegishli choralar koʻrishga kelishib oldilar.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶