QUMYoP OVULIDAGI VATANPARVAR YoŞLAR USTOZI
Yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarida çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanining samarali öqitilişi, yoşlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda, harbiy yönalişlardagi öquv yurtlariga kirib taʼlim olişlarida va Qurolli Kuçlarimizda harbiy xizmat qilişga hozirlik körişlarida muhim zamin bölib xizmat qilmoqda. Uşbu taʼlim jarayoni harbiy kasbga qiziquvçi qobiliyatli yoşlarimizni saralaş va ularga öz vaqtida kerakli taʼlim-tarbiya, şuningdek, töğri körsatma va yönalişlar berilişida katta imkon bölmoqda.
61-sonli umumtaʼlim maktabining çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani rahbari Sadaddin Qalandarov ham köp yillardan beri şu maktabda yoşlar taʼlim-tarbiyasiga öz hissasini qöşib kelmoqda. Maktabda maşğulotlar sifatli taşkil qilinişi uçun sinfxonalar zarur körgazmali vositalar bilan jihozlanişiga alohida eʼtibor qaratib, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini taʼminlaşda halok bölganlar töğrisida fotolavha va maʼlumotlar joylaştirilgan xotira burçaklarini taşkil etib, öquvçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalamoqda.

– Dars maşğulotlari jarayonida öquvçilar Qurolli Kuçlarning asosiy vazifalari hamda umumharbiy Nizom talablarini, harbiy xizmat va Vatanga qasamyodning ahamiyatini anglab yetişadi, – deydi ÇQBT rahbari S.Qalandarov. – Maşğulotlar sifatini oşiriş, jumladan, yoşlarda harbiylikka havasni kuçaytiriş maqsadida tumandagi harbiy qismlar bilan hamkorlik yölga qöyilgan.
Maktabda ÇQBT rahbari boşçiligida muntazam ravişda “Yoş qutqaruvçi”, “Temurbeklar” singari tanlovlar ötkazilib, öquvçilarning egallayotgan bilimlari sinovdan ötkazilib boriladi. Bundan taşqari, har yili ötkaziladigan harbiy-vatanparvarlik oyligida tumandagi harbiy qismlarga maktab öquvçilarining sayohatlari taşkil qilinadi. Harbiy xizmatçilar hayoti bilan yaqindan taniştiriş maqsadida oçiq eşiklar kuni tadbirlarida ham iştirokini taʼminlaydi. Buning natijasida ovul hududida harbiy yönalişdagi kasblarga, oliy taʼlim dargohida tahsil olişga havas qiladigan yoşlar soni ortdi.

Sadaddin akaning şogirdlaridan köpçiligi harbiy xizmatda öz burçlarini ötab kelib, oliy taʼlim dargohlariga kirişda imtiyoz beruvçi tavsiyanomalarga ega bölişgan. Ayrimlari oliy öquv yurtlarida tahsil olişmoqda, baʼzilari esa turli sohalarda mehnat qilişmoqda. Maktabda 9-sinfga qadar taʼlim olib, keyinçalik Nukus şahridagi Içki işlar vazirligi huzuridagi akademik litseyida öqigan şogirdi Ilmira Örozmatova bölajak içki işlar xodimasi. U hozirgi kunda Toşkent şahridagi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasida 2-bosqiçda taʼlim olmoqda. Şuningdek, ötgan öquv yilida yana bir şogirdi Ğayratjon Boymurodov ham 9-sinfni tugatganidan söng, Urganç şahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyi öquvçisi bölişga erişdi.
Asli qumyoplik bölgan S.Qalandarov 61-sonli maktabni 1986-yilda tugatib, 1988-1990-yillarda Germaniya davlatida harbiy xizmat burçini ötadi va serjant harbiy unvoniga ega böldi. Yurtiga qaytib kelganidan keyin QDUning tarix va jamiyatşunoslik fakultetini 1986-yilda tugatdi. Turli sohalarda faoliyat körsatgan sobiq harbiy xizmatçi hozirgi paytda 61-sonli maktabda ÇQBT rahbari vazifasida işlamoqda.
Qumyoplik yoşlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat hislarini mustahkamlayotgan ustoz ularni ona Yurt oldidagi farzandlik burçini yuksak masʼuliyat bilan bajarişga daʼvat etib kelmoqda. Yoşlarning vatanparvar, jismonan soğlom, maʼnaviy yetuk, keng dunyoqaraşli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida şakllanişiga özining hissasini qöşmoqda.
O.Xudoyberganova.
FVB ogohlantiradi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶