17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 07:15
Jamiyat 👁 278

HARBIYLAR VA YoShLAR IShTIROKIDA DAVRA SUHBATI TAShKIL ETILDI

HARBIYLAR VA YoShLAR IShTIROKIDA DAVRA SUHBATI TAShKIL ETILDI

Qilichboy ovulida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarda faoliyat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar va maktab oʻquvchilari ishtirokida “Armiya va xalq yakdil” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.

26-yanvar kuni ovuldagi Madaniyat markazida davra suhbati tarzida oʻtkazilgan ushbu tadbirning asosiy maqsadi oʻsib kelayotgan yoshlarni komil inson sifatida voyaga yetkazish, ularda ona Vatanga sadoqat va muhabbat hissini shakllantirish, Milliy armiyamizga va qurolli kuchlar sohasiga qiziqishini yanada orttirishga qaratildi.

Soʻzga chiqqan harbiylar suhbat davomida mamlakatimiz yoshlari uchun armiya jasorat, matonat va haqiqiy qahramonlik maktabiga aylanib borayotgani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, yoshlarga Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida soʻnggi yillarda olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli “Yosh chegarachi” akademik-litseyi haqida batafsil maʼlumotlar berishdi. Ushbu bilim dargohiga qabul qilish tartibi, oʻqish jarayoni va oʻquvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, bitiruvchilarga beriladigan imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtishdi. Vatan himoyasi muqaddas va sharafli burch, armiya va yoshlar hamisha birdam, yoshlar Vatan tinchligi va osoyishtaligi uchun masʼul ekanligi xususida soʻz yuritishdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda yoshlarimizda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ona yurt taqdiri uchun masʼuliyat tuygʻusini mustahkamlash, ularni oʻz kasbiga sadoqatli va har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalash boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrib chiqilgan. Shu bois taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda yosh avlod vakillari bilan harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlar tizimli olib borilmoqda.

Davra suhbati davomida internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish, qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarning yomon oqibatlari yuzasidan ham maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, yosh avlodni ezgu qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini asrab-avaylash har bir fuqaroning asosiy burchiga aylanishi zarurligi alohida taʼkidlandi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar davlat tomonidan ularning oila aʼzolariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida keng toʻxtalib, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilayotgani, Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun respublika oliy taʼlim muassasalari hamda harbiy oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun qoʻshimcha qabul kvotalari ajratilayotgani xususida ham maʼlumotlar berib oʻtishdi.

Suhbat jarayonida yoshlar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazilib, harbiy sohada xizmat qilishga nafaqat yigitlar, balki koʻplab qizlarning ishiyoqi baland ekanligi aniqlandi. Kelajakda ushbu kasb egasi boʻlish istagini bildirgan barcha yoshlarga mutaxassislar tomonidan koʻrsatmalar berildi. Qizgʻin suhbatlarga boy boʻlgan tadbirda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarli javoblar olishdi.

“Armiya va xalq yakdil” shiori ostida boʻlib oʻtgan ushbu harbiy-vatanparvarlik tadbiri davomida yoshlarda ona Vatanga muhabbat va harbiy sohaga qiziqishi yanada ortdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026