XAVFSIZLIK QOIDALARI – HAYoT KAFOLATI
Maʼlumki, kundalik turmush davomida tabiiy gaz va boshqa yoqilgʻilardan keng foydalaniladi. Ayniqsa, qish fasli davomida yoqilgʻi vositalariga koʻproq ehtiyoj seziladi. Ushbu vositalardan foydalanishda har bir kishidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, eʼtiborsiz boʻlmaslik talab etiladi.
Beparvolik hayot uchun xavfli boʻlgan katta talafotlarga olib keladi. Oddiy qoidalarga rioya qilmaslik, bu – tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka, eng qadrli va muqaddas oila, shirin farzand va yaqin insonlardan judo boʻlish, bir umrga nogiron odamga aylanib qolish demakdir.
Shu oʻrinda aytish joizki, aholi oʻrtasida xavfsizlik qoidalarini bilishiga qaramasdan loqaydlik qilayotganlar, natijada kutilmagan ofat qurboniga aylanayotganlar koʻp uchramoqda. Gaz quvurlarini oʻzboshimchalik bilan gaz plitalariga rezina shlanglar bilan yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid ravishda ulab foydalanayotgan fuqarolar beparvoligi sababidan kelib chiqqan yongʻin tufayli oʻz xonadonlariga jiddiy talofat yetkazishmoqda. Bu esa oʻzlarining moddiy zarar koʻrishlariga va har xil koʻrinishdagi tan jarohati olishlariga sabab boʻlmoqda.
Har bir xonadonda oʻt balosi chiqmasligi, yillab qilingan mehnat evaziga kelgan moddiy boyliklar yaroqsiz boʻlib qolmasligi uchun tabiiy gaz va boshqa yoqilgʻilardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish va doim hushyor boʻlish kerak.
Gʻ.Toʻliboyev, tuman FVB P va NB kichik inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶