BARAKA URUĞI QADALDI
27-mart kuni tumanimiz qişloq
xöjaligi xodimlari, rahbarlari va mutaxassislari, dehqonlar, ilğor fermerlar,
qişloq xöjaligiga xizmat qiluvçi korxona va taşkilotlar rahbarlari, soha
mutaxassislar iştirokida çigit ekiş böyiça körgazmali seminar-kengaş bölib
ötdi.
Körgazmali seminar-kengaş Çoykul ovuli hududida joylaşgan "Nurillayev Bunyodbek” fermer xöjaligida taşkil qilindi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi M.Yerniyazov iştirok etdi.
Seminar-kengaş davomida mavsumda qatnaşadigan qişloq xöjalik texnikalari va ulardan samarali foydalaniş böyiça mutaxassislar tomonidan tuşuntiriş işlari olib borildi. Söngra paxta maydonida çigit ekiş amaliyoti namoyiş etildi.
Bu yil tumanimiz paxtakorlari 15950 gektar yerga çigit ekişni rejalaştirmoqda. Faoliyat körsatayotgan 17 ta muqobil maşina traktor parklari va 260 ta fermer xöjaliklari çigit ekiş mavsumiga har tomonlama puxta hozirlik kördilar. Yerlarning şöri yuvilib, texnikalar mavsumga şay qilindi, uruğlik çigitlar tegişli şoxobçalarga keltirilib, ekişga tayyor qilindi.
Mazkur
xöjaliklardagi mavjud 43 dona yuqori
unumli, 82 dona oddiy surim traktorlari,
385 ta çopiq va 180 ta transport traktorlari, 65 dona pluglar, 60 ta çizel, 293 dona mola va 1700 dona boronalar hamda
211 ta çigit ekiş agregatlarini özida jamlagan 60 ta
otryad çigit ekiş davrida keça kunduz dala boşida bölib, işning unumini
taʼminlaydi.

Öz tarkibiga tajribali va malakali qişloq xöjalik mutaxassislarini biriktirgan 33 ta sifat guruhlari yerlarning ekişga sifatli tayyorlanişi va sifatli ekilişiga masʼul qilib biriktirildi. Ularga oqar suv va yonilği-moylaş materiallari sarfini kamaytiriş uçun bu yilgi şaroitda qayta ekişga yöl qöymay, çigit ekiş mavsumini juda qisqa muddatda tamomlaş topşiriği berildi.
Joriy yil qiş oylarida ob-havo köp yillik örtaça haroratga nisbatan sovuq, seryoğin kelganligi bois ekin maydonlari tuproğining namlaniş darajasi ham nisbatan yuqori bölişi kuzatilmoqda. Bunday şaroitda çigit ekiş mavsumini qisqa muddatda uyuşqoqlik bilan ötkaziş katta samara beradi. Buni yaxşi tuşungan tumanimiz dehqonlari yerlarni çigit ekişga tayyorlaş, mavjud texnikalarni, şu jumladan ekiş agregatlarini rostlaş, çigitni ekişga sifatli qilib tayyorlaş işlarini samarali amalga oşirmoqdalar.

Bu yil 6905 gektar maydonga qöşqator usulda çigit ekiladi. Tajribalardan körinadiki, çigitni qöşqator usulda ekişning afzalligi köp. Şuning bilan birga qöşqator usulda ekilgan ğözani parvarişlaşning öziga xos jihatlari ham bor. Masalan, qöş qatorlab çigit ekiş uçun ball boniteti 40-50 balldan yuqori bölmagan tekis, mexanik tarkibi yengil va örta tuproqli, begona ötlar keng tarqalmagan maydonlar ajratilişi kerak, bu usulda köçatlar soni odatdagi bir qatorlab ekişga nisbatan tuproq unumdorligini hisobga olgan holda 20-30 foizgaça, yengil va qumoq tuproqlarda 30-40 foizgaça köp qoldiriladi,. Natijada kösaklar tez yetilib, 8-10 kun erta oçiladi va hosilni 10-15-oktyabrgaça töliq terib oliş imkoni yaratiladi. Bu yil 7850 gektar maydonga ğözaning "S-4727”, 7 ming gektar maydonga "Sulton”, 1100 gektar maydonga boşqa yangi navlar ekiladi. Ekiş mavsumi davomida 29 ta köçma ustaxonalar texnik xizmat körsatadi va 16 ta çigit tarqatiş şoxobçalari uzluksiz iş olib boradi.
Muhimi, çigit ekişni qulay ob-havo şaroitida yerdan nam ketmasdan, tobida, sifatli yakunlagan dehqonning uruği bexato unib çiqişi tayin. Şunda hosil möl, daromad köp böladi. Bugun tumanimiz paxtakorlari mamlakatimizning ulkan oq oltin xirmoniga özlarining munosib hissalarini qöşiş umidi bilan yerga baraka uruğini qadamoqdalar. Şunday qilib, tumanimiz xöjaliklarida çigit ekiş mavsumi boşlandi.
Ğ.YeŞNIYoZOV.
M.ŞOMURODOV olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶