17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 08:37
Jamiyat 👁 318

ELEKTR ENERGIYaSI TAʼMINOTIDA UZILIShLARGA BARHAM BERILMOQDA

ELEKTR ENERGIYaSI TAʼMINOTIDA  UZILIShLARGA BARHAM BERILMOQDA

Mamlakatimizda isteʼmolchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Aholi xonadonlari, ishlab chiqarish korxonalari hamda ijtimoiy soha obʼektlarining elektr energiyasiga boʻlgan talabini uzluksiz qondirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli “Hududiy elektr tarmoqlari”, aktsiyadorli jamiyati tasarrufidagi hududiy filiallar va ularning quyi tizimlari, jumladan, tuman va shahar elektr taʼminoti korxonalari tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Islohotlar jarayonlarida oʻtgan asrning 70-80-yillarida oʻrnatilgan yogʻoch ustunlarni temir-beton ustunlarga almashtirish, aholi soni oʻsib borishi bilan elektr energiyasi uzatish quvvati kamlik qilayotgan transformator punktlarini yangi, yuqori quvvatli va zamoniy transformatorlarga almashtirish, rekonsturktsiya qilish, tejamkor SIP sim kabellari bilan taʼminlash ishlari muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialiga qarashli Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi tomonidan ham elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida eskirgan, oʻz muddatini oʻtab boʻlgan elektr uzatish tarmoqlarini yangilash, taʼmirtalab uskunalarni qayta taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada oʻtgan 2023-yil davomida tuman hududida isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda uzlishlar minimallashtirildi va aholiga sifatli xizmat koʻrsatishga erishildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash va eskirgan uskunalarni yangidan qurish borasidagi koʻrsatmalari asosida Amudaryo tumanining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan hududlaridagi taʼmirtalab elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlari modernizatsiya va rekonsturuktsiya qilindi.

Maʼlumki, elektr uskuna va tarmoqlarni yangilashda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash bugungi kunning eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shu bois, tayanchda oʻrnatilgan germetik transformatorlar, izolyatsiyalangan SIP simlardan foydalanish natijasida tarmoqdagi yoʻqotishlar va inson hayotiga xavf soluvchi omillarning oldi olinmoqda.

Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi tomonidan oʻtgan 2023-yil davomida jami 14ta transformator punkti yangidan oʻrnatilib, 34,6 kilometr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellar tortildi.

Tumanning Qilichboy ovuli hududi aholisining ham elektr energiyasiga boʻlgan kundalik ehtiyoji oʻrganilib, aholi murojaatlari asosida hududda modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Ovul hududiga yangidan 166 dona temir-betonli tayanch ustunlari oʻrnatildi. 12,7 kilometr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortilib, 170dan ziyod xonadonlarda elektr energiyasidan foydalanish sifati yaxshilandi. Ayni paytda ovul isteʼmolchilariga elektr energiyasi barqaror tarzda yetkazib berilmoqda.

Islohotlarning yangi bosqichida aholi bilan, ularning murojaatlari bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois, sohadagi muammolar oʻz vaqtida bartaraf etilishiga erishilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026