15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 06:34
Jamiyat 👁 140

TOShYoP OVULIDA YoShLAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKLAR, JINOYaTLAR SODIR ETILIShINING OLDI OLINAYaPTI

TOShYoP OVULIDA YoShLAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKLAR, JINOYaTLAR SODIR ETILIShINING OLDI OLINAYaPTI

Yoshlar kelajagiga eʼtibor va gʻamxoʻrlik hech qachon bugungiday dolzarb ahamiyat kasb etgan emas. Chunki shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonida ularni yot gʻoyalardan asrash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish va maʼnaviy yetuk qilib voyaga yetkazish juda muhim.

Buningdek dolzarb vazifa ijrosiga hissa qoʻshish maqsadida “Amudaryo televideniyesi” tahririyati Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan “Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” nomli grant tanlovida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻldi va amalga oshirib kelmoqda.

Yaqinda tahririyat xodimlari ushbu loyiha ish rejasiga muvofiq yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning qay tarzda olib borilayotganligi, ularni yot gʻoyalardan ishonchli himoya qilish, intellektual salohiyatini oshirish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar, amalga oshirilishi belgilanayotgan rejalar bilan tanishish maqsadida tumanimizning Toshyop ovulida boʻldilar.

Ovulda 596 xonadonlarda 701 ta oila istiqomat qiladi. Shulardan 35 tasini 30 yoshga toʻlmagan yoshlar oilalari tashkil etadi. Hududda 2ta maktab, 4ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Ovul fuqarolar yigʻini masʼullari avvalo taʼlim-tarbiya muassasalarida sogʻlom maʼnaviy muhit barqaror boʻlishiga, ularda yosh oʻgʻil-qizlarning ham aqlan, ham jismonan yetuk boʻlib voyaga yetishiga harakat qilmoqdalar. Bu borada ovul, taʼlim muassasasi, oila hamkorligi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, yoshlar tarbiyasida xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan urf-odatlari, qadriyatlari va anʼanalarining hayotiy saboqlaridan keng foydalanilayapti. Natijada yoshlar orasida huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etilishining, yot gʻoyalar taʼsiriga berilishining oldi olinmoqda.Shuningdek,maktablar oʻquvchilari orasida turli tanlovlar, asosiy fanlar olimpiadalari gʻoliblari safi, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirayotganlari soni tobora koʻpaymoqda.Yaqinda ovul fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan tadbirda bu xususda atroflicha soʻz yuritildi.

Tadbirda fuqarolar yigʻini masʼullari, koʻchaboshchi ayollar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdilar. Yigʻilganlar loyiha koordinatori Oygul Rajabova, ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulshod Sobirova, taʼlim faxriysi, “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida ovulning ogʻir sharoitga tushib qolgan 10 nafar yoshlarini otaliqqa olib, ularning hayotiy muammolarini hal qilishga koʻmaklashayotgan Karimboy Rajabov, ovul imomi Gulmurza Davletovlarning kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruzalarini tingladilar. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda yoshlar vakillarining ham fikr-mulohazalari tinglandi. Taʼkidlanganidek, yosh avlod kelajagimiz.

Ertagi kunimiz bugunimizdan ham farovon, yorqin boʻlishini istasak, bolalar tarbiyasi bilan juda jiddiy shugʻullanishimiz,maʼnaviyat sarchashmasi boʻlgan kitoblarga oshno qilishimiz, ularning qiziqishlariga ham hurmat bilan qarashimiz kerak. Eʼtiborlisi, bunda ota-onalar avvalo oʻzlari bu borada farzandlariga oʻrnak boʻlishlari lozim. Boisi bolalar ota-onaning aytganidan emas, qilgan ishlaridan oʻrnak oladi.

Tadbirda bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ham belgilab olindi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019