Hokim va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi
Bugungi kun yoşlari har tomonlama salohiyatga va iqtidorga ega ekanliklarini barça jabhalardagi yutuqlari bilan amalda isbotlamoqdalar. Turli soha va yönalişlarda yutuqlarni qölga kiritayotgan öğil-qizlarning muvafaqqiyati sözimizga yaqqol isbot böla oladi.
Ammo, yaratilayotgan imkoniyatlar va şaroitlarga qaramasdan turli muammo va tösiqlarga duç kelayotgan, öz qiziqişi böyiça kasb yoki hunar egallasa-da, iqtidorini namoyon qila olmayotgan yoşlar soni ham kam emas. Ana şunday yoşlarni qöllab-quvvatlaş masalasi esa Amudaryo tumanining turli hududlarida jadval asosida ötkazilayotgan hokim va yoşlar uçraşuvlari orqali hal qilinmoqda.
21-dekabr kuni tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida navbatdagi hokim va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi.
Oçiq muloqoqt tarzida ötkazilgan uçraşuvda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, Mudofaa işlari bölimi boşliği Şerzod Murodov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, mutasaddi taşkilotlar rahbarlari, tuman, respublika miqyosida ğoliblikni qölga kiritgan sportçi yoşlar, köplab natijalarga erişgan maktab öquvçilari, ovul va mahallalardagi yoşlar yetakçilari hamda faol yoşlar iştirok etdilar.
Uçraşuv avvalida tuman hokimi Sobir Xöjametov ovul va mahallalardagi işsiz yoşlarga öz mehnat faoliyatlarini boşlaşlari uçun subsidiya asosida mehnat qurollarini topşirildi.
Şundan söng, tuman va respublika miqyosida turli musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritib kelayotgan sportçi yoşlar hamda köplab natijalarga erişgan maktab öquvçilariga diplom va qimmatbaholi sovğalar topşirildi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sobir Xöjametov davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida qabul qilingan barça qaror va farmonlar negizida Vatan kelajagini öz taqdirida köruvçi fidoiy yoşlarni tarbiyalab, voyaga yetkazişdek ezgu maqsadlar majassam ekanini taʼkidladi.
Qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda yoşlarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalaş, ularning salomatligini mustahkamlaş, qobiliyatlarini röyobga çiqariş va bandligini taʼminlaşga kömaklaşiş, böş vaqtini mazmunli ötkaziş, barça sohalarda olib borilayotgan islohotlar jarayonidagi iştirokini kengaytiriş masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovçi, qatʼiy hayotiy pozitsiyasi, keng dunyoqaraş va çuqur bilimlarga ega bölgan vatanparvar yoşlarni tarbiyalaş, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarşi immunitetni şakllantiriş, sportga jalb qiliş orqali ular orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar öz samarasini bermoqda.
Uçraşuvda Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov Vatan kelajagi faqat yoşlar qölida ekanligi, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, muammolarini hal qiliş uçun tumanimizdagi barça taşkilotlar rahbarlari masʼul ekanligini aytib ötdi.
Şundan söng yoşlar va ularning ota-onalari tuman hokimiga öz muammo va takliflari bilan murojaat qildilar. Uçraşuvda yoşlar tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tuşdi. Xususan, oliy taʼlim muassasalarida tölov-kontrakt asosida öqiyotgan talabalardan kontrakt tölovini tölaşga yordam beriş, subsidiya asosida mehnat qurollarini oliş, bandlik hamda öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun imtiyozli kredit oliş kabi masalalarda murojaatlar kelib tuşdi.
Joyida hal qiliş imkoni bölgan murojaatlar, taklif va taşabbuslar yuzasidan yoşlarning talablari qanoatlantirildi. Atrofliça örganişni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etiş yuzasidan Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi hamda aloqador muassasa-taşkilot, idoralar rahbarlariga muddatlar belgilanib, topşiriqlar berildi. Murojaat va savollar barobarida uçraşuvda iştirok etgan yoşlar tuman hokimiga öz takliflarini ham berişdi.
Uçraşuv söngida tumanimizdagi fayzli “Şer” töyxonasida yoşlar uçun dasturxon yozilib, tuman Madaniyat bölimi tomonidan kontsert dasturi namoyiş etildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶