1-SONLI MAKTABDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMI KENG NIŞONLANDI
Bu yil qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34-yil töldi. Şu munosabat bilan respublikamizning barça hududlarida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbirlar ötkazilib, keng nişonlandi.
4-dekabr kuni qoraqalpoq tili bayramiga bağişlab Amudaryo tumanidagi 1-sonli maktabda ham “Til jasasa – millet jasaydi” deb nomlangan tadbir ötkazildi. Maktabning qoraqalpoq tili fani öqituvçilari tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda öquvçilar faol iştirok etişdi.
Tadbirni oçib bergan boşlovçilar barçani qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi bilan qizğin qutlaşdi. Sana munosabati bilan maktabda adabiy keçalar, oçiq öquv maşğulotlari taşkil etilgani, ularda öquvçilar faol iştirok etişgani, qoraqalpoq tili bayrami keng miqyosda nişonlanganini aytib, maʼlumotlar berişdi.
Şuningdek, qoraqalpoq tilida dars ötiladigan maktablar Qoraqalpoğiston Respublikasidan taşqari boşqa viloyatlarda ham mavjudligini, ularda darslar qoraqalpoq tili asosida ötilişini taʼkidlaşdi. 2018-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzurida Terminologiya markazi taşkil qilingani, 2019-2020 öquv yilidan Navoiy davlat pedagogika institutida qoraqalpoq tili va adabiyoti bakalavr taʼlim yönalişi hamda boşlanğiç taʼlim yönalişining qoraqalpoq tili guruhi oçilganini, qoraqalpoq tili Turkiyaning Firat, Egey universitetlarida ham örgatilişini öquvçilar faxru-iftixor bilan sözlab berişdi.
Tadbir öquvçilar iştirokida tayyorlangan musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Dastur qoraqalpoq xalqining suyukli şoiri Ibroyim Yusupovning “Ana tilime” deb nomlangan şeʼri bilan boşlandi. Şundan söng, maktabning 5-sinf öquvçilari “Qaraqalpağim” qöşiğiga raqs ijro etişdi. Maktab öquvçisi Sevara Tursunboyeva ijrosidagi qoraqalpoqça qöşiq esa hammaga xuş kayfiyat baxş etdi.
Tadbir davomida qoraqalpoq tili tarixiga ham töxtalib ötildi va qadim qoraqalpoq xalqiga xos bölgan, tildan-tilga ötib kelayotgan naqllar, maqollar şeʼriy tarzda ifodali aytib berildi.
Taʼkidlanganidek, qoraqalpoq tili – turkiy tillarning qipçoq guruhiga mansub tillardan. Qozoq va nöğay tillari bilan birgalikda qipçoq tillarining qipçoq-nöğay guruhini taşkil etadi.
Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta – şimoli-şarqiy va janubi-ğarbiy lahjalarga bölinadi. Bu lahjalar fonetik jihatdan özaro farqlanadi. Qoraqalpoq yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924-yilda şakllantirilgan. 1929-1940-yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda bölgan bölsa, 1940-yildan kirill grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1994-yildan lotin grafikasiga ötilgan. Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosiga 2009 va 2016-yillarda özgartirişlar kiritilgan. Uşbu özgartirişlar asosida umumiy 23 ming sözni öz içiga qamrab olgan qoraqalpoq tilining imlo luğati işlab çiqilgan.
Dasturdan örin olgan 7-sinf öquvçilari ijrosidagi “Aysanem” qöşiğining raqsi ham barçaga manzur böldi. Ayniqsa, “Bas ham til” deb nomlangan sahna körinişida öquvçilar davlat tilimizga bölgan ehtiromini, faxru-iftixorini namoyiş etişdi.
Qoraqalpoq tili bayramiga bağişlab ötkazilgan “Til jasasa – millet jasaydi” nomli tadbir juda qiziqarli ötdi va barçada katta taassurotlar qoldirdi.
Aptabida Abdimuradova, 1-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶