“BIZ ZÖRAVONLIKKA QARŞIMIZ” AKTsIYaSI DOIRASIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrda qabul qilgan rezolyutsiya bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni deb eʼlon qilingan edi. Şundan beri mazkur sana dunyo mamlakatlarida keng nişonlanib keladi. Çunki hozirgi davrda ham dunyoning barça hududlarida ayollarga nisbatan turli şakllarda zöravonlik holatlari uçrab turibdi.
Mamlakatimizda mazkur sana munosabati bilan har yili 25-noyabrdan 10-dekabrgaça “Zöravonlikka qarşi 16 kun” şiori ostida aktsiya ötkazib kelinmoqda. Aktsiya doirasida xotin-qizlarning, bolalarning zöravonlikka uçraşining oldini oliş borasida turli tadbirlar ötkaziladi, zöravonlikning huquqiy oqibatlari keng tuşuntiriladi.
Şu yilning 29-noyabrida tumanimizdagi 32-sonli maktab amaliyotçi-psixologi Mahliyo Karimova 10-sinf rahbari Halima Matyoqubova bilan hamkorlikda şu sinf öquvçilarining ota-onalari uçun aktsiyada doirasida “Biz zöravonlikka qarşimiz” mavzusida trening maşğuloti ötkazdi.
Tadbirda ota-onalar faol iştirok etib, mavzu yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶