YuRIDIK XIZMAT KÖRSATIŞ SIFATI YaXŞILANMOQDA
Yurtimizda Adliya vazirligi tizimida Yuridik xizmat körsatiş markazlari faoliyatining yölga qöyilişi özining ijobiy samarasini körsatmoqda. Ayniqsa, yuridik xizmat körsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş va qabul qiliş jarayonlarini elektron şaklga ötkazuvçi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratilgani, iş yurituvi töliq raqamlaştirilib, qoğozbozlikka barham berilgani yanada ahamiyatli bölmoqda.
Amudaryo tumanidagi Adliya bölimining Yuridik xizmat körsatiş markazi qonunlar ijrosi, huquqni qöllaş amaliyotining samaradorligi, şubhasiz, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan tayyorlanadigan normativ-huquqiy hujjatlar, loyihalarning sifatiga baho beradigan yagona tuzilma sifatida tanilişga ulgurdi.
Joriy yilning 10 oyi davomida Markaz tomonidan markazlaşgan tizim orqali Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va taşkilotlarida yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan tumandagi mavjud 154ta davlat organlari va taşkilotlariga sifatli hamda malakali yuridik xizmat körsatildi.
Ötgan davr mobaynida Markazga «E-huquqshunos» elektron tizimi orqali davlat organlari va taşkilotlari tomonidan kelib tuşgan 62746ta huquqiy hujjatlar örganib çiqildi. Şundan 62425tasining ijrosi taʼminlangan bölsa, 59482tasiga ijobiy xulosalar berilgan. Qolgan 1788tasi qonun hujjatlariga muvofiq işlab çiqilmagani sababli qayta körib çiqiş uçun rad javobi berilib, taşkilotlarga qaytarilgan. Şuningdek, 1155ta hujjatlarga ham qonunçilikka nomuvofiqligi sababli salbiy xulosalar berilgan, 59165ta huquqiy hujjatlar esa qonuniy tartibga muvofiqligi yuzasidan berilgan ijobiy xulosalar asosida taşkilotlar tomonidan imzolangan.
Bundan taşqari, Markaz tomonidan davlat taşkilotlarining mulkiy hamda boşqa huquqlari, qonuniy manfaatlarini öz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qiliş böyiça 131ta talabnoma, sudlarga esa 7ta daʼvo arizalari kiritilgan. Kiritilgan davo arizalari yuzasidan jami 1 mlrd. 66 mln. sömdan ziyod miqdordagi pullar taşkilot foydasiga undirilgan.
Mazkur taşkilot mehnat töğrisidagi qonunçilikka rioya etilişini taʼminlaşda hamda yuridik yordam körsatiş borasida muhim ahamiyatga ega tuzilmaga aylanib, yuridik xizmat sifati yanada yaxşilanişini, şu bilan birga rivojlanişini taʼminlamoqda.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶