FUQAROLIKNI RASMIYLAShTIRISh BORASIDAGI MUAMMOLAR OʻRGANILIB, IJOBIY HAL ETILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni hamda «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan tuman IIBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan 2023-yilning oʻtgan davrida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni talablariga asosan biometrik pasport oʻrniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID kartalarini olish va almashtirish uchun tuman IIBning MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolarga shu kunning oʻzida ID karta rasmiylashtirilib berilmoqda. Jumladan 2023-yil oktyabr oyi davomida 1 312 nafar fuqaro murojaat qilgan boʻlib, ularga ID karta toʻliq rasmiylashtirildi, yil boshidan esa 6 403 nafar fuqaro ID karta egalari boʻlishdi.
Shuningdek, boʻlimga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish boʻyicha fuqarolardan 2ta, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish boʻyicha esa 15ta murojaat kelib tushgan boʻlib, yil boshidan 120ta fuqarolik qabul qilish, 12ta tan olish boʻyicha yigʻma jild qabul qilindi va bu murojaatlarni qanoatlantirish choralari koʻrildi.
2023-yil boshidan beri fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini olish uchun 2ta murojaat va chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun yil boshidan 8ta murojjat kelib tushdi.
Tuman xududida oʻtkazilgan “Pasport-viza” tadbiri davomida 2023-yil oktyabr oyi davomida 42 nafar fuqaro pasport tizimi qoidalarini buzib yashab yurganligi aniqlanib, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddasiga koʻra, maʼmuriy bayonnomalar toʻldirildi va davlat foydasiga 3 960 000 soʻm miqdorida jarima undirildi. Ushbu fuqarolarning barchasiga ID karta rasmiylashtirilib berildi. Bu borada yil boshidan MJtKning tegishli moddasiga asosan 347ta bayonnoma tuzilib, pasport qoidalarini buzgan fuqarolardan 44 587 500 soʻm jarima undirildi.
Joriy yil boshidan MDH davlatlaridan 2 586 nafar chet el fuqarolari kelgan boʻlib, shulardan Qozogʻiston Respublikasidan 1 249 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 150 nafar, Tojikistondan 6 nafar, shuningdek, 5 nafar fuqaroligi yoʻq shaxslar, Turkmaniston Respublikasidan 1 138 nafar, Ozarboyjon Respublikasidan 3 nafar, Belarus davlatidan 2 nafar, Turkiyadan 4 nafar, Qirgʻizstondan 11 nafar, Germaniyadan 1 nafar, Ukrainadan 1 nafar fuqarolar vaqtincha yashash uchun roʻyxatga olindilar.
Joriy yil boshidan 15 nafar fuqaro Oʻzbekistonda boʻlish qoidalariga rioya qilmaganligi, vaqtincha yashash muddati oʻtib ketganligi aniqlandi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ulardan qonuniy asosda jarima undirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 1-yanvar kungi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi talablari asosida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar mualliflariga javob xatlari oʻz vaqtida berib borilmoqda.
Ayni paytda Amudaryo tumani hududida joriy yilning oktyabr holatiga fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 325 nafar, chet el fuqarolari 228 nafarni tashkil qiladi. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan mazkur toifadagi shaxslarga tegishli hujjatlar oʻrganilib, zarur choralar koʻrish masalasi ham alohida eʼtiborga olingan.
A.Umarov, Amudaryo tumani IIB MvaFRB boshligʻi, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶