15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 08:28
Jamiyat 👁 183

Qoraqalpoq tili – qoraqalpoq xalqining milliy gʻururi

Qoraqalpoq tili – qoraqalpoq xalqining milliy gʻururi

Til – har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, oʻzi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori boʻlgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulugʻvor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat oʻzligining ajralmas belgisidir.

1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Shu kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili bu sana keng nishonlanib kelinadi.

Ushbu sana munosabati bilan 23-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 76-sonli maktab faollar zalida “Ana tilim – milliy maqtanishim» deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda maktabning ustoz-murabbiylari hamda oʻquvchilari, ota-onalar ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari Dilfuza Yakubova ochib berdi hamda oʻquvchilarni ushbu muhim sana bilan tabrikladi.

Taʼkidlanganidek, til – bu xalqning tarixini, madaniy merosini, turmush tarzini, urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan bebaho xazinadir. Shu bois ham soʻnggi yillarda yurtimizda qoraqalpoq tilini asrab-avaylashga, uni yanada boyitishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.

Buning misoli tariqasida qoraqalpoq tilidagi yangi darsliklar va qoʻllanmalarning, badiiy kitoblarning, monografiyalarning nashrdan chiqarilayotgani, mazkur tilni rivojlantirishga bagʻishlangan ilmiy anjumanlar va boshqa tadbirlarning tashkil etilayotgani, Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur oʻrgatishga ixtisoslashgan ijod maktabining faoliyati yoʻlga qoʻyilganganini alohida qayd etish zarur.

Shuningdek, lotin alifbosidagi «Qoraqalpoq tilining orfografik lugʻati» chop etilgani qoraqalpoq tilini rivojlantirishga boʻlgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik ifodasidir.

Mazkur tadbirda maktabning 5-, 6-, 7-sinflar oʻquvchilari faol qatnashdilar. Oʻquvchilar tomonidan qoraqalpoq tilida sheʼrlar ijro etildi, uni asrab-avaylash bilan bogʻliq mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan oʻqituvchilar qoraqalpoq tili necha asrlardan buyon ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kelayotgani, xalqimizning oʻzligini namoyon qilishida, Qoraqalpogʻistonning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida, jamiyatning rivojlanishida muhim oʻrin egallab kelayotgani, uning bebaho meros, yurtimiz tarixini, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va dasturlarimizni oʻzida mujassam etgan bebaho xazina ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbirda yurtimizda qoraqalpoq tili va adabiyotini yanada rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor tobora kuchayib borayotgani, qoraqalpoq adabiyoti vakillarining ijod maktablari tashkil etilishi qoraqalpoq tili va adabiyotining boy xazinasi, nafosatini yosh avlod qalbiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida soʻz yuritildi.

«Ana tilim – milliy maqtanishim» deb nomlangan tadbir barcha oʻquvchilarda katta taassurotlar qoldirdi. 5-, 8-sinflar oʻquvchilari qoraqaloq adabiyoti namunalaridan ajoyib sheʼrlar hamda kuy-qoʻshiqlar ijro qildilar. Tadbir koʻtarinki ruhda hamda bayramona tarzda oʻtdi.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019