QIMOR VA TAVAKKALÇILIKKA ASOSLANGAN BOŞQA ÖYINLARGA ARALAŞIŞ – JINOYaT
Inson halol mehnat bilan daromad topib, rözğor tebratsa xotirjam yaşaydi. Xonadoniga baraka, fayz kiradi, osuda, baxtiyor hayot keçiradi. Lekin şunga qaramasdan ayrim kişilar tezroq, köproq daromad topişni, moddiy boyliklarga ega bölişni, tökis yaşaşni istab, tuzatib bölmas xatolarga yöl qöyişadi. Ayniqsa, sönggi paytlarda tez boyib ketiş maqsadida qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarga aralaşib, bor budidan ayrilayotganlar köp uçramoqda.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasida bu jinoyat deb körsatilgan bölib, tegişli jazolar belgilangan. Uşbu moddaga asosan qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni qonunga xilof ravişda taşkil etiş yoki ötkaziş, şu jumladan ana şunday öyinlar uçun qimorxonalar taşkil etiş yoki ularni saqlaş yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Şuningdek, uşbu harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa, yetti yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş körsatilgan.
Voyaga yetmagan şaxs qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarga jalb qilinsa, şunday harakatlar uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş yoki ötkaziş uçun telekommunikatsiya tarmoqlarida, şu jumladan Internet jahon axborot tarmoği provayderlari tomonidan xizmatlar körsatiş, tegişli dasturiy taʼminotdan nusxa köpaytiriş, uni köpaytiriş, tarqatiş, şunday harakatlar uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravaridan yetmiş beş baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatdan uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi nazarda tutilgan.
Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarga aralaşiş jinoyat sanaladi. Zero, xotirjam yaşaşni istagan har qanday odam heç qaçon bunday nomaqbul işlarga aslo qöl urmaydi.
Asqar Safarov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶