HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChILARNI TANLOV TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-aprel kungi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish toʻgʻrisida”gi Qarori asosida Amudaryo tumani hokimining 2023-yil 22-iyul kungi Qarori bilan tayinlangan tanlov Kengashi tomonidan Mudofaa ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda fuqarolarni 2024-yilgi harbiy xizmatga chaqiruvga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tanlov tadbirlari olib borilmoqda.
Muddatli harbiy xizmatga tanlov tadbirlari 2023-yilning 10-avgust kunidan boshlandi va 2024-yilning 10-fevral kuniga qadar davom etadi.
Tanlov tadbirlarida 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan yaʼni 1997-2006-yillarda tugʻilgan va ilgari harbiy xizmatni oʻtamagan yigitlarimiz qatnashmoqdalar. Ushbu tanlov tadbirlarida qoʻyilgan sinovlardan muvaffaqiyatli ravishda oʻtgan yigitlar muddatli harbiy xizmatga joʻnatiladilar.
Tanlov 3ta yoʻnalish boʻyicha olib borilmoqda. Yaʼni jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, yakka tartibda suhbat oʻtkazish, tibbiy koʻrikdan oʻtish.
Ayni kunlarda tanlov Kengashi tomonidan muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning Doʻstlik mahallasida joylashgan oʻyingohda jismoniy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazilmoqda.
Jismoniy normativlarni muvaffaqiyatli topshirgan chaqiriluvchilarga yakka tartibdagi suhbatga kirishga ruxsat berilayapti. Yakka tartibdagi suhbat Tanlov Kengashi tomonidan olib borilib, chaqiriluvchilarning dunyoqarashi, oilaviy ahvoli, shuningdek, salohiyatlari oʻrganiladi hamda tarix fanidan savol-javoblar oʻtkazilib, intellektual darajasi aniqlanmoqda. Tanlov natijalariga koʻra, chaqiriluvchining muddatli harbiy xizmatga joʻnatilishiga yoki joʻnatilmasligiga tavsiyalar berilayotir.
Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar Butlash komissiyasiga borish huquqini qoʻlga kiritadilar. Butlash komissiyasidan oʻtaolgan chaqiriluvchilar esa Respublika rahbariyati Kengashi komissiyasiga muddatli harbiy xizmat komandalariga va qoʻshin turlariga tayinlanish uchun yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibini jismoniy baquvvat va maʼnan yetuk askarlar bilan butlashga va Vatanimizning ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga daʼvat etishda tuman Mudofaa boʻlimi xodimlarining vazifasi masʼuliyatlidir. Shu boisdan ham ular tanlovni namunali va haqqoniy ravishda oʻtkazishga intilmoqdalar.
Shunisi eʼtiborliki, mazkur tanlovda qatnashmagan yoki qatnashib, sinovlardan oʻtaolmagan chaqiriluvchilar, safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga tayinlanadilar.
Harbiy xizmat burchini oʻtash har bir yigit uchun sharafli vazifadir. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy xizmatni oʻtashga majburdirlar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶