17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 11:12
Jamiyat 👁 310

Sektorlar rahbarlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Sektorlar rahbarlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Bugungi kunda barcha joylarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Ushbu dasturlar doirasida, va umuman, yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning va kechayotgan oʻzgarishlarning tub zamirida yurtdoshlarimizning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni bugungi hayotidan toʻlaqonli rozi boʻlib yashashlariga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam.

Koʻp yillar davomida fuqarolar uchun hattoki oddiy turmush sharoiti boʻlmagan chekka hududlardagi aholi punktlarida bugun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasidagi xayrli ishlar jadallik bilan olib borilayapti.

 Ushbu davlat dasturlarini samarali va oʻz vaqtida ijro qilish sektorlar rahbarlarining ham doimiy eʼtiborida.

2-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi sektorlar rahbarlari Boyovul mahallasida joylashgan koʻp qavatli uylarning qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish hamda aholi murojaatlarini tinglab, ijobiy hal qilish maqsadida tashkil qilingan oʻrganish jarayonida aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlari mutasaddilari ham ishtirok etishdi.

Tashrif davomida masʼullar Boyovul mahalla fuqarolar yigʻinida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Fuqarolarning suyultirilgan gaz, elektr energiyasi bilan bogʻliq murojaatlari tinglandi. Muammolar yechimi boʻyicha tegishli masʼullarga vazifalar yuklatildi. Shuningdek, mahallada aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, sektorlar rahbarlari koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi sharoitini oʻrganish jarayonida bir nechta xonadonlarda ham boʻldilar. Ularning yashash sharoitlari, turmush tarzi va muammolari masʼullar tomonidan oʻrganilib, zarur vazifalar belgilab olindi.

Shu kuni masʼullar tuman Gaz taʼminoti korxonasiga tashrif buyurib, havo haroratining pasayishi davrida isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz, bir maromida yetkazib berish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qildilar.

Keyingi yillarda tuman aholisi sonining oshganligi tufayli tabiiy gazga boʻlgan talabi ham ortgani sir emas. Shu sababli, tumanning tabiiy gaz yetib bormagan chekka joylariga suyultirilgan gazni yetarli miqdorda va oʻz vaqtida yetkazib berishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻrganishlar davomida sektorlar rahbarlari hamda soha mutaxassislari tomonidan hududdagi gaz taqsimlash punktlari koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bataraf etildi.

Bundan tashqari, sektorlar rahbarlari tomonidan asosan tabiiy gaz yetib bormaydigan mahallalar kesimida shakllantirilgan roʻyxat va buyurtmalar boʻyicha aholiga qulaylik yaratish, yaqinlashib kelayotgan qish faslini betalofat oʻtkazib olishlariga koʻmaklashish maqsadida koʻmir yetkazib berish masalasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.

“Koʻmir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialiga qarashli koʻmir omborlari tomonidan 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun ayni kungacha Uyshin mahallasiga 25 tonna, Ayoqchi mahallasiga 38,3 tonna, Bogʻ mahallasiga 38,9 tonna, Besh ovul mahallasiga 39,5 tonna, Qilichboy ovuliga 60 tonna, Qoramon mahallasiga 70 tonna, Xitoy ovuliga 40 tonna, Namuna mahallasiga 20 tonna koʻmir mahsuloti yetkazib berildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.  

Aholiga qulaylik yaratish va narx-navo oshib ketishining oldini olish maqsadida mahsulotni hududlarga yetkazib berish uchun esa 6ta yuk mashinalari ajratilgan.

Hududlarni oʻrganishlar yakunida sektorlar rahbarlari ishchi guruh aʼzolariga oʻzlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga masʼuliyat bilan yondoshish, aholining kuz-qish mavsumini koʻngildagidek oʻtkazishi uchun barcha zarur choralarni koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026