17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 11:12
Jamiyat 👁 289

“ONA TILIM JARANGI OLAM UZRA TARALGAY” MAVZUSIDAGI TADBIR OʻTKAZILDI

“ONA TILIM JARANGI OLAM UZRA TARALGAY” MAVZUSIDAGI TADBIR OʻTKAZILDI

Til – millatning yuzi, or-nomusi, shaʼni va iftixori. Vatanga muhabbat – ona tiliga muhabbatning timsoli, xalq va millatga buyuk ehtiromning ifodasidir. Ona tilini sevgan, uning qadr-u qimmatini hamisha baland tutgan millatning kelajak ufqlari yorqindir.

Asrlar davomida kamsitilgan, turli davrlar silsilasida qadri toptalgan oʻzbek tili oʻzining buyukligini, hech qachon sinmasligini maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan barkamolligini saqlab qolgan goʻzal va jarangdor til – millonlab insonlar uchun aloqa vositasi sifatida dunyo miqyosida oʻz nufuziga ega. Buni muhtaram Prezidentimizning xalqaro miqyosdagi anjumanlar minbaridan oʻzbek zabonida nutq soʻzlaganlaridan, Prezidentimizning global muammolarni hal qilish borasidagi taklif va tashabbuslarini jahonning yetakchi siyosatdonlariga oʻz ona tilida ifoda etganlaridan ayonki, ona tilimizning nufuzi yil sayin oshib bormoqda. Bugungi kunda 50 mln.dan ziyod insonlar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Rossiya, Yaponiya, Janubiy Korea, AQSh, Germaniya, Hindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar xalqlari orasida oʻzbek tilini oʻz ona tillari kabi mukammal oʻrganayotgan yoshlar bilan birgalikda keksa avlod vakillarining ham borligi biz oʻzbek xalqi qalbiga cheksiz iftixor baxsh etadi.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan qutlugʻ sana – 21-oktyabr mamlakatimizdagina emas, jahonning turli hududlarida tilimizga, xalqimizga hurmat va ehtirom ifodasi sifatida har yili keng nishonlanadi. Ayniqsa, ona Oʻzbekistonimizning har bir shahar-u qishlogʻida, taʼlim-tarbiya muassasalari, davlat tashkilotlarida, mahallalarda, hatto oilalarda ham ona tili bayrami munosabati bilan kitobxonlik, sheʼrxonlik kechalari, bilimdonlar bahslari, tilimiz tarixiga oid davra suhbatlari anʼanaviy tarzda tashkil etiladi.

Ana shunday tadbirlardan biri 16-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. “Ona tilim jarangi olam uzra taralgay!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbirda maktabning 6-, 7-, 8-sinflar oʻquvchilari, maktab oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali vositalar, oʻzbek tili tarixiga oid adabiyotlar, mumtoz va hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti namoyondalarining asarlari, ona tilining taraqqiyot bosqichlari boʻyicha maʼlumotlar asosida tayyorlangan albomlar, gullar bilan bezatilgan sahna ishtirokchilarning chiqishlari bilan tadbirga yanada fayz, joziba bagʻishladi.

Ayniqsa, oʻzbekcha Assalomu alaykum degan ulugʻ kalom bilan boshlangan tadbirda oʻquvchilar muomala madaniyati, soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish, yondosh tillardan oʻzlashgan soʻz va iboralarning tilimiz taraqqiyotidagi oʻrni, ularni toʻgʻri qoʻllash toʻgʻrisida bir-birlari bilan fikr almashdilar.

Shundan soʻng, oʻquvchilar oʻzbek xalq ashulalarining ohanglariga mos oʻzlari tayyorlagan raqslarni mahorat bilan ijro etishdi. Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Doirangni chal”, “Xafa boʻlaman” ashulalariga joʻr boʻlib kuyladilar va ashulalar mazmunini oʻzlari ijro etgan raqslar harakatlari orqali ifoda etib berdilar. Bu bilan oʻquvchi-yoshlar ona tilimizning dilrabo raqslar jilosidagi betakror maʼnolarini oʻz harakatlari orqali koʻrsatib, ona tilimizning kuy va navolarga singib ketgan buyuk sehrini mohirlik bilan namoyish etishdi.

Tadbir davomida oʻquvchilar maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari bilan birgalikda buyuk allomalar tomonidan ona tilimiz haqida bildirilgan hikmatlar xazinasi aro goʻyo sayohat qildilar, biri-biridan goʻzal va ibratli hikmatlar xususida fikrlashdilar.

Tadbirning adabiy qismi yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Unda oʻquvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridagi “Qarz” hikoyasi asosida tayyorlangan sahna koʻrinishini mahorat bilan ijro etdilar.

Ona tilimizning asrlar osha toptalgani, ming xil chigʻiriqlardan mayib-majruh holda oʻtib, yana qaddini tutgani va Ona tilimizning qadr-qimmatini oshirib yashash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi xususidagi Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Kechir meni ona tilim” sheʼrini oʻquvchilar jam boʻlishib ifodali oʻqib berganlarida qalblar junbushga keldi va tomoshabinlar ham ona tilimizga boʻlgan yuksak mehr va muhabbatini olqishlar orqali namoyon qildilar.

“Ona tilim jarangi olam uzra taralgay!” mavzusidagi bayram tadbiri har bir qalbda ona tilimizga cheksiz mehr-muhabbat, joʻshqinlik va iftixor tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026