KASBIM-FAXRIM
MangʻitIqtisodiyot kollejida yoshlarning oʻzlari tanlagan kasblariga doir bilim va koʻnikmalarini aniqlash va shakllantirishmaqsadida "Buxgalteriya hisobi va audit”, "Moliya”, "Soliq va soliqqa tortish” yoʻnalishlarining 2-bosqich oʻquvchilari orasida "Kasbim-faxrim” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlov ishtirokchilari 5 shart asosida bellashdi. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, tanlov oxirida yaxshi ishtirok etganligi uchun "Moliya” yoʻnalishi 1-13 guruhining "Yosh moliyachi” jamoasi faxrli birinchi oʻrinni, "Soliq va soliqqa tortish” yoʻnalishidan 6-13 guruhining "Yosh soliqchi” jamoasi ikkinchi oʻrinni, 7-13 guruhining "Soliqchilar” jamoasi uchinchi oʻrinni egalladilar va kollej maʼmuriyati tomonidan tayyorlangan Faxriy yorliqlar hamda sovgʻalar bilan taqdirlandi. Faxrli birinchi oʻrinni egallagan "Moliya” yoʻnalishi 1-13 guruhining "Yosh moliyachi”jamoasi ishtirokchilari - Asqarova Gulnoza, Sultonov Azamat, Rustamova Madina, Yoʻldoshev Nodirbek, Yoʻldosheva Iqboloylarkoʻrik-tanlov qatnashchilariga oʻzlarining bilimi, mahorati va odobi bilan namuna boʻldilar.
Koʻrik-tanlovning tashkiliy ishlarida va qiziqarli oʻtkazilishida kollej direktori Z.Atamuratov, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Ya.Ahmedov, kasbiy taʼlim boʻyicha direktor oʻrinbosari R. Alimov, kafedra mudiri Z.Qidirbayevalar yaqindan yordam berdilar.
Saule PATULLAYeVA,
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶