17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 12:29
Jamiyat 👁 299

HUQUQIY MAVZUGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR MAShGʻULOT OʻTKAZILDI

HUQUQIY MAVZUGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR MAShGʻULOT OʻTKAZILDI

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Amudaryo tuman IIBning majlislar zalida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi A.Safarov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Q.Atamuratov, Amudaryo tuman IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, podpolkovnik Z.Saparbayev, Amudaryo tuman prokurorining yordamchisi S.Abdullayev, Amudaryo tuman Adliya boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi N.Jumaniyazova, IJQKD Amudaryo tuman boʻlimi inspektori I.Sabirov, Amudaryo tuman DSI xodimi I.Ibragimov, Amudaryo tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tergovchilari va IIB profilaktika inspektorlari, jami 52 kishi ishtirokida “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish istituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 27-sentyabrdagi 869-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tushuntirish yuzasidan sayyor seminar mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Seminarni, Amudaryo tuman IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, podpolkovnik Z.Saparbayev ochdi va seminar kun tartibidagi masala yuzasidan qisqacha tushunchalar berdi.

Shundan soʻng, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi A.Safarov Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotganligi bu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

Oʻtkazilgan sayyor seminar mashgʻulotida Amudaryo tuman IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, podpolkovnik Z.Saparbayev va masʼullar tomonidan seminar mashgʻuloti qatnashchilariga kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 483-moddasida “Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrish doirasi”, yaʼni sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmasligini va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshirilishini, jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud qaror qabul qilish chogʻida quyi instantsiya sudlari tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, ishni koʻrishda apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi yoki tegishli taftish instantsiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ular tomonidan talab qilib olingan va tekshirilgan, eʼtiborga olinadigan yangi dalillarning ham tekshirilishi toʻgʻrisida misollar orqali batafsil tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 497-11-moddasida “Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish”, yani birinchi va ikkinchi qismlari oʻzgartirilgan tahrirda bayon etilishini, yaʼni ish boʻyicha birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda ushbu Kodeksning 497-2-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkinligini, hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda ish faqat hukm ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborilishi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 499-moddasida “Birinchi instantsiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga) boʻlgan huquq” bunda mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instantsiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli ekanligi aytib oʻtildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari birinchi instantsiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidirlar. Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ham birinchi instantsiya sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli boʻladilar.

 Seminar mashgʻuloti davomida sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instantsiya sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqliligini, ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instantsiya sudi hukmining, ajrimining oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli boʻlishi haqidagi va Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 510-moddasida “Taftish tartibida qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari”, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq bir qator oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida zarur maʼlumot va tushunchalar berildi.

Seminar mashgʻuloti soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga javoblar oldilar. Seminar mashgʻuloti bahs va munozaralar, samimiy muloqot tarzida oʻtdi.

A.SAFAROV, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026