YoLFIZ
Qatra
Azamat ota köçamiz boşidagi tol-teraklar bilan öralgan, çor-atrofi tartibga keltirilmagan, körimsizgina, devorlari nurab qolgan uyda yolğiz yaşardi. Ota-ona önta bolani boqadi, lekin önta bola bitta ota-onani boqolmaydi, deganlari haqiqatga yaqin, menimça.Axir Azamat ota ham ikki öğil, bitta qizni voyaga yetkazdi, öqitdi, elga qöşdi. Öqiş, iş bahona, hammasi şaharda. Biri qaysidir idorada falon mansabda, yana biri qaysidir oliygohda domla emiş. Öğillarni qöya turing, qiz bola otasiga mehribon böladi, deyişardi. Ammo otaxonning qizi ham oilasi va işi bilan ovora. Haftada bir keladi-yu, ğizillab darrov orqasiga qaytadi. Maylida… Biroq kampiri vafotidan söng, ön yillarça vaqtdan beri yolğiz yaşayotgan otaga hamqişloqlarining rahmi keladi. Şu boisdan ham bir kun unisi, bir kun bunisi degandek, xabar olib turişadi. Biroq Azamat ota qöni-qöşnilarning bu odatini yoqtiravermaydi, aniqroği, öğli har safar kelganida uyga har xil odamlar kirib çiqavermasin, deya tanbeh beradi. Bundan otaning dili oğrisa-da, heç kimga aytmaydi, öğlini yomonlagisi kelmaydi.
Bir kuni Azamat ota köçaga çiqib, qöşnilariga: "ertaga öğlim meni şaharga, döxtirga olib ketadi. Ovqat olib çiqib ovora bölmanglar", deya aytib çiqibdi. Bu gaplarni eşitgan mahalladoşlar “öğliga insof kirgani rost bölsin”, deb qu-vonişdi.
Oradan bir neça kunlar ötdi. Azamat ota hovlisining oldida tumonat odamni körib hayron böldim. Tinçlikmikan? Haaa… otaxon şifoxonadan kelgandir balki? Qarindoş-lari , hamsoyalar uni körişga çiqqandir, degan xayol bilan qadamimni tezlatdim. Biroq hovliga yaqinlaşganimda yiği ovozini eşitib, yuragimda allaneçuk oğriq sezdim. Bilsam – Azamat ota vafot etgan ekan. Eşitganlar hayron, axir şaharga, davolanişga ketmoqçi edi-ku? Maşʼum xabardan söng, farzandlari darrov yetib kelişibdi...
Otaxon yerga qöyilganidan beri oradan ikki yil ötdi. Hozir öşa devorlari nurab yotgan körimsiz uyning örnida qasr paydo böldi. Işining köpligidan, tirikçilik vaji-dan otasidan xabar olişga vaqti yetmaydigan öğli har kuni şu yerda…
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶