17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 15:15
Jamiyat 👁 281

Doʻstlik mahallasida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi

Doʻstlik mahallasida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi

2023-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida hududllarda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda bu boradagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan, unda respublikamiz ovul va mahallalarida jinoyatchilikni jilovlash samaradorligini oshirish, xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda ularni kamaytirishga erishish boʻyicha qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori, Ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, tegishli boshqarma boshliqlari jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan huquqbuzarliklarni, jinoyatlarni chuqur tahlil qilgan holda, qayta sodir boʻlishining oldini olish, kriminogen vaziyatni atroflicha muhokama qilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida shahar, tumanlarga masʼul qilib biriktirilgan edi.

Ushbu vazifaga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi Umida Kurbanbeva, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosarlari Zamir Saparbayev, Sharapat Joldasbayevlar Amudaryo tumanining “qizil” toifaga kiruvchi Doʻstlik mahallasida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdilar.

Yigʻilishda hudud profilaktika inspektori Ilauatdin Jumamuratov, mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari hamda koʻcha boshchilari, nuroniy otaxon va onaxonlar, hududda joylashgan korxona va tashkilotlardan vakillar qatnashdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi Umida Kurbanbeva soʻzga chiqib, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish masalasi bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining dolzarb yoʻnalishlaridan biri ekanligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birga jamoatchilik vakillari tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida ham keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek tumanimizda ham jinoyatchilik va huququbuzarliklarning oldini olish borasida qator amaliy ishlar olib borilayotgani haqida toʻxtaldi.

Hudud profilaktika inspektori Ilauatdin Jumamuratov oʻz soʻzida aholi oʻrtasida giyohvandlik, odam savdosi, diniy ekstremizm kabi jinoyatlarning oldini olish yuzasidan mahalla yoshlari orasida muntazam tushuntirish ishlarini olib borayotganini, kelgusida oʻsmirlar va yoshlar bilan ishlashishni yanada yaxshilashga harakat qilishini bildirdi. Shuningdek, yoshlarning taqdiriga ota-onalar ham befarq qaramasligi, ular ustidan doimiy nazorat olib borishlari lozimligini taʼkidladi.

 Shundan soʻng, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Zamir Saparbayev soʻzga chiqib, har bir hududda sodir etilgan maʼmuriy va jinoiy holatlar aholi oʻrtasida muhokama qilinishi, jinoyat sodir etilishi sabablari oʻrganilishi kerakligi va jinoyat sodir etishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari koʻrilishi lozimligi haqida soʻz yuritdi.

Qolaversa, mast holatda avtotransport vositasini boshqarish va boshqa qoʻpol qoidabuzarliklar mahalla hamda mehnat jamoalarida muhokama etilishi muhimligini, oiladagi notinchlik, kelishmovchilik tufayli sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar chuqur tahlil qilinishi kerakligini alohida eʼtirof etdi.

Yigʻilish yakunida mahalla fuqarolar yigʻini masʼillari soʻzga chiqib, yosh oilalar va uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilganligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha mahallalarda keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borilayotganligi haqida maʼlumot berib oʻtdilar.

Yigʻilishda Doʻstlik mahallasini “qizil” toifadan chiqarish boʻyicha yigʻin masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026