BIZ YoŞLAR – YuRTIMIZ RAVNAQIGA XIZMAT QILAMIZ
Mustaqillik – xalqimiz asrlar böyi intilib yaşagan va kuraşgan, qadr-qimmati bebaho neʼmatdir. Mustaqillikkina kişilarga erkin yaşaşi, mehnat qilişi, iqtidorini yuzaga çiqarişiga imkon berganini biz yoşlar çuqur anglaymiz, şunday dorilomon davrda tuğilib, voyaga yetayotganimizdan faxrlanamiz.
Men hozir 26 yoşdaman. Tölqin ovulida yaşayman. 33-sonli maktabda umumiy taʼlim olganman. Maktabdagi, dorulfunundagi ustozlarimizning saboqlari orqali xalqimizning ötgan davr mobaynida bosib ötgan oğir va maşaqqatli yöli, istiqlol tufayli barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar, erişilayotgan yutuqlar tub mohiyati xususida tasavvurga egaman, deya olaman. Şuning uçun ham bugungiday obod va farovon hayotning qadriga yetiş, intilib, kuraşib, yurtimizni yanada ravnaq toptirişga hissa qöşişni özimning burçim, deb bilaman.
Men bu orzularimni Qoraqalpoq davlat universitetida öqib, 2022-2023 öquv yilida egallagan mutaxassisligim – öqituvçilik kasbim orqali amalga oşirmoqçiman. Men talabalik paytimda ovulimiz yoşlari orasida faol bölişga, yoşlar iqtidorini yuzaga çiqariş uçun ötkazilayotgan sport musobaqalarida iştirok etişga ham intilardim va köpgina yutuqlarni qölga kiritişga erişdim. Xususan, 2022-yilda “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida guruh sardori sifatida jamoamiz aʼzolarini hamjihatlikda ğoliblik uçun kuraşişga rağbatlantirdim va astoydil maşq qilib, sportning stritbol turidan tumanda ğolib böldik.
Musobaqaning Qoraqalpoğiston bosqiçida esa ikkinçi örinni egalladik hamda Çirçiq şahrida ötkazilgan mamlakat bosqiçida ikkinçi örin uçun kuraşib, ğolib böldik. Bu yutuğimiz uçun davlatimiz tomonidan ovulimizga sport maydonçasi qurib berildi. Şuningdek, joriy yilda Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uçun ötkazilgan futbol musobaqasida tuman ğolibi, Qoraqalpoğiston bosqiçida esa uçinçi örin sohibi böldik. Bizning buningdek natijalarimiz yuksak qadrlanib, tuman hokimligining, Davlat xavfsizlik xizmatining qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandik.
Bulardan taşqari, menga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi yaqinda amudaryolik yoşlar bilan uçraşuvi çoğida “Umit uşqini” kökrak nişonini topşirgani jamoamiz aʼzolarini yanada oldinga intilişga çorladi.
Şu örinda bizning erişayotgan natijalarimizda biri talaba, biri işsiz, biri öquvçi bölgan yoşlarni sportga jalb etib, jamoa şakllantirib, muntazam maşğulotlar taşkil etib, yutuqlarga erişişimizga şaroit yaratayotgan ovulimiz yoşlar yetakçisi Fozilbek Qurbonboyevning ham munosib hissasi borligini aytib ötişim joiz.
Ayni kunlarda jamoamiz bilan bir ota-ona farzandlariday ahillikda yanada çiniqiş, mahoratimizni oşiriş uçun maşğulotlarni davom ettirayapmiz. Bilamizki, biz yoşlar katta kuçmiz, butun salohiyatimizni, bilimimizni yurtimizni yanada ravnaq toptirişga sarflaymiz.
Xursandbek TILOVMURODOV, Tölqin ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶