STRATEGIYa — YoŞLAR FAOLIYaTIGA KENG YÖL OÇADI
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantiriş, barça tarmoqlar va sohalarda davlat boşqaruvi, taʼlim, soğliqni saqlaş va qişloq xöjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Sohani yana ham rivojlantirişga “Özbekiston — 2030” strategiyasida alohida eʼtibor qaratilgan.
“Özbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oşiriş çora-tadbirlari loyihalari jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilindi. Hujjatda strategiya 5ta ustuvor yönalişlar doirasida amalga oşirilişi belgilangan. Bular har bir insonga öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun munosib şaroitlar yaratiş, barqaror iqtisodiy ösiş orqali aholi farovonligini taʼminlaş, suv resurslarini tejaş va atrof-muhitni muhofaza qiliş, qonun ustuvorligini taʼminlaş, xalq xizmatidagi davlat boşqaruvini taşkil etiş, mamlakatni xavfsiz va tinçliksevar davlatga aylantiriş işlarini davom ettirişdan iboratdir.
Loyihada yoşlar salohiyatini röyobga çiqarişi uçun köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilişi belgilanganidan men juda quvondim. Boisi men Tölqin ovulida yoşlar yetakçisi bölib işlayman. Öz faoliyatim davomida ovullarda istiqomat qilayotgan ösmirlar, yoşlarning juda qiziquvçan, intiluvçan ekanligini yaqqol his qilayapman. Loyihada yoşlar orasida axborot texnologiyalarini ommalaştiriş, şuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalaniş könikmalarini rivojlantiriş, axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual öqitiş texnologiyalarini joriy etiş va rivojlantiriş, onlayn kurslar uçun platformalar işlab çiqiş, raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar avlodini şakllantiriş maqsadida umumtaʼlim maktablari öquvçilariga dasturlaşni örgatiş uçun şaroit yaratiş, şuningdek umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilariga sohani çuqur örgatiş çoralari belgilangani ösmirlar, yoşlarning axborot texnologiyalarini çuqur egallaşiga şaroit yaratadi va bu ularning kelajagi yorqin bölişiga xizmat qiladi.
Şuningdek, respublikaning barça tumanlarida raqamli texnologiyalar öquv markazlarining taşkil etilişi — yoşlarning, ösmirlarning axborot texnologiyalari sohasida taʼlim olişi uçun keng imkoniyatlar yaratadi, öquvçilar uçun raqamli texnologiyalardan foydalanişning umumiy darajasi oşişini taʼminlaydi.
Tumanimiz, ovulimiz yoşlari buningdek, imkoniyatlardan unumli foydalanadilar, öz iqtidori, salohiyatini yuksaltiradilar, deb işonaman.
Fozilbek QURBONBOYeV,
Tölqin ovuli yoşlar yetakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶