MUSTAQILLIKNING 32 YILLIGIGA MUNOSIB TAYYoRGARLIK KÖRILMOQDA
Mamlakatimiz özining davlat mustaqilligiga erişgani va mustaqil taraqqiyot yölidan odimlay boşlaganiga 32-yil töldi. Bugungi kunda barça sohalar rivoji yölida bir tan, bir jon bölib yaşayotgan köpmillatli xalqimiz hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlarning mohiyatini, qadrini çuqur anglaydi. Inson şaʼni, qadr-qimmati yuksak tutilib, yurtimizning har bir fuqarosi munosib turmuş şaroitida yaşaşiga erişiş borasidagi saʼy-harakatlarni yuksak qadrlaydi, aynan mustaqillik tufayli odamlarning yaxşi yaşaşi, munosib turmuş darajasiga erişişi uçun imkon berilganini çuqur his qiladi.
Şu boisdan ham har yili davlatimiz mustaqillikka erişgan qutluğ sana – 1-sentyabr yurtimizda keng tantana qilinadi. Bayram arafasida barça hududlar obodonlaştirilib, tartibga keltiriladi, istiqlolimizning mazmun-mohiyatini, qadrini, bugungi kunda barça sohalarda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini tarğib etuvçi turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xalq sayillari, ommaviy köngiloçar tomoşalar ötkaziladi.
Ayni kunlarda tumanimizda ham mustaqillikning 32 yilligini munosib tarzda nişonlaş maqsadida izçil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2023-yil 2-avgust kungi “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi Prezident Qarorining ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilgan Farmoyişi asosida Amudaryo tumani hokimligining maxsus qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq tumanimizda Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik köriş, uni yuqori saviyada ötkaziş böyiça tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlandi va amalga oşiriladigan işlar rejasi işlab çiqilib, bu böyiça komissiyaning barça aʼzolariga tegişli topşiriqlar berildi.
Qarorga köra, tumanimizda “Mahalladan – xonadongaça” tamoyili asosida “Obodonlaştiriş oyligi” ötkazilmoqda. Bunda barça hududlardagi ovul, mahallalar, xonadonlarda keng kölamli obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Yöllarni tekislaş, daraxtlarga şakl beriş, yöl böylarini tozalaş işlari boşlab yuborildi. Bunday harakatlarda yoşi uluğ nuroniylar yoşlarga yöl-yöriq körsatib, ibrat bölişayapti. Hududlardagi obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari xonadonlarga ham kirib borişi uçun bayram oldidan “Obod xonadon” dasturi işlab çiqilib, har bir xonadonning kökalamzorlaştirilişi bilan bir qatorda oilada soğlom turmuş tarzi barqarorligi, xonadonda istiqomat qiluvçilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilişi, çor-atrofni ozoda, saranjom-sarişta tutişi, şuningdek, suv, elektr energiyasi, tabiiy gazdan tejab-tergab foydalanişiga qarab, namunalilari rağbatlantiriladi.
Har bir ovul, mahalla, şaharça fuqarolar yiğinlarida “Yangi hayot uçun, Yangi Özbekiston uçun!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy, tarğibot-taşviqot işlari yölga qöyildi.
Ötkazilayotgan tadbirlarda “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uçun poydevor” hayotiy şiorining mohiyati aholiga keng tarğib etilmoqda. Şuningdek, tumanimiz markazida mustaqillikning 32 yilligiga bağişlab ötkaziladigan ulkan bayram tantanasiga tayyorgarlik boşlanib ketdi. Tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan stsenariy asosidagi teatrlaştirilgan ulkan tomoşada tumanimiz aholisiga mamlakatimizning öttiz ikki yil davomida bosib ötgan tarixiy yöli, barça sohalarda erişilgan natijalar ifoda etib beriladi va ular dilrabo kuy-qöşiqlar tinglab, xalq öyinlarini tomoşa qilib, madaniy hordiq oladilar.
Yangi Özbekiston tarixidagi qutluğ sana – Vatanimiz mustaqilligining öttiz ikki yillik bayramini munosib nişonlaş maqsadida tumanimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar aholining ayni kundagi kayfiyatiga juda mos. Boisi mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etiş yölida amalga oşirilayotgan işlarda, yangilaniş, bunyodkorliklarda tumanimiz xalqining ham munosib hissasi bor. Ular taraqqiyot, farovonlik asosi aynan istiqlol ekanligini çuqur anglaydilar va qadrlaydilar. Şuning uçun ham eng uluğ, eng aziz bayram – mustaqillik kunini munosib qarşi oladilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶