"HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN" ShIORI OSTIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA
Tuman Adliya boʻlimi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostidagi targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Aktsiya doirasida ovul va mahallalarda oʻtkazilayotgan tadbirlarda fuqarolarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda.
10-avgust kuni aktsiya doirasida Oʻrta qalʼa ovulida ham “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat” davra suhbati tashkil etildi. Ushbu targʻibot tadbirida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Q.Atamuradov, tuman Adliya boʻlimi masʼullari, tuman hokimi oʻrinbosari G.Saburovalar qatnashishdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks hamda Mehnat kodeksi, shuningdek, Prezidentimizning 2023-yil 28-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korruptsiya holatlariga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar va ularning samarasi xususida batafsil soʻz yuritildi.
Huquqshunoslar ovul fuqarolariga nikoh yoshi, erta turmush, qonuniy nikohning, nikoh shartnomalarining ahamiyatlari toʻgʻrisida ham tushunchalar berib, ularni qiziqtirgan turli savollarga toʻliq javoblar qaytarishdi.
N.Jumaniyozova, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶