17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 15:12
Jamiyat 👁 287

“YuKSAK MAʼNAVIYaTLI VA AXLOQLI YoShLAR – KELAJAK POYDEVORI” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “BUVIJONLAR OʻGITI” DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

“YuKSAK MAʼNAVIYaTLI VA AXLOQLI YoShLAR – KELAJAK POYDEVORI” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “BUVIJONLAR OʻGITI” DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

Yoshlar – xuddi yangi oʻtqazilgan nihol kabi, agar ularning taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor berilmasa, yosh nihol shamolning yoʻnalishiga qarab egilganiday, milliy mentalitetimizga tamoman yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishi hech gap emas. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatiga eng ustuvor yoʻnalish sifatida qaraladi. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning kitobxonlikka, kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, yutuqlarini munosib ragʻbatlantirish orqali yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo televideniyesining “Jaholatga qarshi – maʼrifat” tamoyili asosida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish yoʻnalishi boʻyicha “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasini amalga oshirishdan maqsad ham yoshlar maʼnaviyatnini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan mazkur grant-loyiha doirasida turli tanlovlar, davra suhbatlari, taniqli ijodkorlar bilan uchashuvlar oʻtkazilib, bu tadbirlarga turli yosh toifasidagi yoshlar, nuroniylar ibratli oila sohib va sohibalari keng qamrab olinmoqda.

Loyiha doirasida tumanning “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan davra suhbatida ham mahallalarda va taʼlim muassasalarida yosh qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar oʻrtasidagi ajrashishlarning oldini olish yuzasidan koʻpni koʻrgan onaxonlar va yoshlar oʻzaro fikrlashib oldilar.

Amudaryo televideniyesi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Olmazor mahallasi hamkorligida tashkil etilgan “Buvijonlar oʻgiti” deb nomlangan samimiy davra suhbatida Amudaryo televideniyesi ijodkor-jurnalistlari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi masʼullari, maktabning turli toʻgaraklarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar va Olmazor mahallalik nuroniy hoji onaxonlar koʻcha boshchi ayollar ishtirok etdilar.

Tadbirni Olmazor MFY xotin-qizlar faoli Oʻrozgul Yoqubova mazmunli tarzda olib bordi. U, avvalo Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini hududida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritib, mahalla hududida jinoyatchilikning keskin kamaygani, aholining ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami tobora kamayib borayotgani haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, loyiha koordinatorlaridan biri, jurnalist Robiya Yoʻldosheva “Buvijonlar maktabi” aʼzolarining hayoti, ibratli ishlari oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun haqiqiy hayot maktabi ekanligini aytib, bugungi “Onalar oʻgiti” tadbiri har bir yosh uchun juda katta maʼnaviy oziq ulashishini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda oʻzlarining qimmatli maslahatlari bilan ishtirok etgan “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Buvijonlar maktabi” aʼzosi Xonimjon Rajabova, Olmazor mahallasi faoli, hoji ona Guliston Ahmedova, koʻcha boshchi onaxonlardan Diloromxon opa Toʻrayev, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori Tamara Saidovalar yosh qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning oldini olish, ajrashish yoqasiga borib qolgan oilalarning hamjihatligini taʼminlash boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar. Shu barobarida yoshlarga qimmatli maslahatlarini berdilar.

Tadbirda oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha yoshlar ham faol ishtirok etdilar.

Qizgʻin va samimiy, oshkora muloqot tarzida oʻtkazilgan “Onalar oʻgiti” davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Tadbir yakunida “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Shoʻx bolalar” badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Havaskor sanʼatkor bolajonlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga zavq-shavq bagʻishladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026