GÖZALLIK “QURBONLIK” TALAB QILADI(MI)?
Haqiqatdan ham gözallik “qurbonlik talab qiladimi?” Bu qurbonlikka jon oğritib erişiş şartmi? Nahotki gözal böliş uçun aslimizdan keçib, sunʼiy, yasama “qöğirçoq”qa aylaniş urf bölsa!
Qoş teriş, tatuaj, tatuirovka, yasama tirnoq, yasama kiprik ektiriş, lablarni dori va egiluvçan plastmassalar bilan şişiriş, yuzni torttiriş, burunni kiçraytiriş, qovoqni ham operatsiya yöli bilan gözallaştiriş, tirnoqlarni suv ötmas turli xil rang-barang laklarga böyaş orqali özini “gözal” körsatişga intilgan ayol oddiy ayol emas, qöğirçoqning özi bölib qolmaydimi?
Qadimdan momolarimiz gözal bölişga intilişgan. Lekin bunçalik tan-jonlariga ozor berib, bu işlarni qilişmagan. Haqiqatdan ham gözallik qurbonlik talab qiladi, faqat jonimizni oğritib va aslimizni özgartiriş orqali emas. Ruhimizni tarbiyalab, qalbimizni anglab, nafsimizni kerakli joyda tiyiş evaziga.
Alloh yaratgan husndan qoniqmaslik esa aslingizga nisbatan noşukrlikdir.
Atrofdagi odamlarga gözal köriniş uçun jonimizni qança köp qiynasak, moda deb, aslimizdan keçib, tanamizga özgartirişlar kiritaversak, nafsimizni jilovlay olmasak, tanamiz va taşqi körinişimizga şukr qilmasak, biz heç kimni asliça yaxşi körolmaymiz. Surma tortilgan közlar, ösmali qoşlar, tabiiy gözal yuzlar muzeydagi rasmlarda qolib ketmasligi, avlodlarimizga eksponat sifatida köriniş berişdan saqlaniş va özbekona mentalitet yöqolmasligi uçun harakat qiliş özini özbekman, degan ayollarning burçidir. Menimça, şunday.
Qarşiğa ALIMBOYeVA, Daryoböyi MFY.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶