22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:07
Jamiyat 👁 149

FAVQULODDA VAZIYaTLARNING OLDINI OLISh BOʻYIChA TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

FAVQULODDA VAZIYaTLARNING OLDINI OLISh BOʻYIChA TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 7-iyuldagi 137-13-0-F/13-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10-iyul – 10-avgust kunlari tuman hududida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Vazirligining 2023-yil 29-iyul kungi  shoshilinch koʻrsatmasida joriy yilning 29-iyul kuni Fargʻona shahridagi 4 qavatli turar joy binosining yer toʻlasida joylashgan “Karaoke” klubida 6 nafar fuqaroning vafotiga, bir necha kishining esa shifoxonaga yotqizilishiga olib kelgan yongʻin bilan bogʻliq baxtsiz hodisa jamoatchilik eʼtiborini tortib, aholi oʻrtasida katta shov-shuvlarga sabab boʻlganiga eʼtibor qaratilgan. Shu bois, yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida Amudaryo tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, tegishli soha vakillari, tuman elektr tarmoqlari va “Amudaryotumangaz”gaz taʼminoti xizmati xodimlari bilan birgalikda bozor hududidagi savdo doʻkonlarida va yer toʻlasi bor boʻlgan ovqatlanish oʻrinlarida yongʻinning oldini olishga qaratilgan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Yongʻin – tilsiz yov. Qoʻlsiz, oyoqsiz, hech kutilmaganda xavf soluvchi bu yov – olov bilan olishish qanchalik qiyin boʻlsa, undan omon qolish ehtimoli shunchalik kam. Fargʻona shahridagi 4 qavatli uy yer toʻlasida sodir boʻlgan yongʻin ham oʻzining qanchalik tajovuzkorligini, uning changalidan qutilib qolish naqadar mushkulligini, sanoqli daqiqalarda inson hayotini barbod qilishi mumkinligini yana bir bor koʻrsatdi. Demak, tilsiz yov – yongʻinga qarshi kurashish emas, bu kabi inson umriga tajovuz qilguvchi yongʻin hodisasi sodir boʻlishining oldini olish, xavfsizlik choralarini koʻrib qoʻyish har birimizning masʼuliyatli burchimizdir.

Inson hayotiga jiddiy xavf tugʻdiruvchi, hatto oʻlimga olib keluvchi yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan “Dolzarb 30 kun” doirasidagi tadbirlarda koʻp qavatli binolarning yertoʻlalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga elektr va gaz uskunalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan ish tutish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar hamda tavsiyalar berilib, foydalanishdagi nosoz uskuna va jihozlarni zudlik bilan taʼmirlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Soʻnggi kunlarda Respublikamizda sodir boʻlayotgan yongʻin hodisalari, kattalar va boshqalar orasida suvga choʻkish, yoʻl-transport hodisalari natijasida favqulodda holatlar koʻplab uchramoqda. Oʻtkazilayotgan “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasidagi profilaktik suhbatlarda bu kabi holatlar atroflicha muhokama etilib, yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirkorlarga va aholiga zarur takliflar berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026