MTTLARDA SOGʻLOM OVQATLANTIRIShNI TAShKIL ETISh BOʻYIChA SEMINAR OʻTKAZILDI
MTTlarda tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish uchun yagona mavsumiy taomnomalarni amalda qoʻllash boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.
9-sonli musiqa maktabida boʻlib oʻtgan seminar yigʻilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining MTTlarda ovqatlantirishni tashkil etish sektoridan N.Qurbonova, tuman MMTB boshligʻi S.Sadikova, davlat MTTlar direktorlari, hamshiralari, oshpazlari va xoʻjalik ishlari mudirlari qatnashishdi.
Yigʻilishni tuman MMTB boshligʻi S.Sadikova kirish soʻzi bilan ochib, yigʻilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib oʻtdi va soʻzni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining MTTlarda ovqatlantirishni tashkil etish sektori N. Qurbanovaga berdi.
U Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi “Maktabgacha taʼlim sohasini yanada rivojlantirish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar” boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishning 47-son bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyulidagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar”ini bajarish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtaldi. Shuningdek, MTTlarda tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni takomillashtirish,bolalarni jismoniy hamda ruhiy, aqliy jihatdan yetuk rivojlanishi uchun ovqatlanishni toʻgʻri tashkil etish katta ahamiyatga egaligini aytib oʻtdi.
Seminarda MTTlarda sogʻlom taomnoma shakllantirilishida kunlik ratsionda bolalarning asosiy oziq-ovqat moddalarga boʻlgan ehtiyoji va yoshiga mos energiya quvvati bilan toʻliq taʼminlanishi, ularning tarbiyalanish sharoiti va sogʻligi, shuningdek, ovqatlanishning iqlimdan kelib chiqib va milliy xususiyatlari hisobga olinishi kerakligi alohida taʼkidlandi. MTTlarda birinchi oʻrinda mutaxassis oshpazlarni toʻgʻri tanlay olish lozimligi, hozirgi kunda ayrim MTTlarda brakeraj daftarlarini eʼtiborsizlik bilan yuritilishi yoki taomlarni tayyorlash texnologiyasiga umuman amal qilmasliklari, oshxonalarda texnologik kartalarning mavjud emasligi ham tilga olib oʻtildi. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qatʼiy topshiriqlar berildi.
Muzokaralarga boy oʻtgan seminar davomida ishtirokchilar masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
S.Patullayeva, tuman MMTBning sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶