“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasining grant loyihasi doirasida Doʻrman ovulida tadbir oʻtkazildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusida eʼlon qilingan 5-grant tanlovida Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tuman boʻlinmasi “Obod mahallam” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, 40,0 mln. soʻm grant mablagʻi sohibi boʻldi.
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasining ushbu loyihani amalga oshirishdagi asosiy maqsadi – atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qoʻshishdan iborat.
Loyihaning 2023-yil iyul oyi uchun belgilanagan ish rejasiga muvofiq fuqarolar yigʻinlari huzuridagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinida tumanning Qilichboy hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari komissiyalari vakillari uchun oʻquv-seminar tashkil qilindi. Oʻquv-seminarda Qilichboy hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va Doʻrman ovuli mahallakomlari hamda faollaridan jami 39 nafari qatnashdi.
Oʻquv-seminarda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tushuntirish maqsadida loyiha kordinatori X.Sultanov, Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi shuʼba mudiri B.Turabayev, Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini raisi A.Yusupovlar mavzu boʻyicha maʼruza qildilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶