Şukronalik!
Musaffo osmon, osuda tonglar, bolalarning şöx-şodon kulgulari, beşikda allaning ovozidan orom olib uxlayotgan gödaklar. – Yaratganning bizga inʼom etgan eng buyuk neʼmati şu emasmi? Yilning 4 fasli teng keluvçi jannatmakon yurtimizda ayni yoz çillasi. Tinib-tinçimas amudaryoliklar kunning haroratini pisand qilmay öz yumuşlari bilan band. Kimlardir köçasini obodonlaştirayotgan, kimdir tomorqasidan birinçi hosilni olib, ikkinçisini ekişga kirişgan, kimlardir bozor rastalarida öz boğida yetiştirilgan noz-neʼmatlarni sotib, daromad topmoqda. Bolalar esa yozgi taʼtildan zavq olib, suv töla ariqlarda çömilişmoqda.
Bugun işdan qaytayotganimda uşbu manzaralarning guvohi bölar ekanman, beixtiyor hayolimga “şukronalik” degan söz keldi. Yer yuzida bizning yurtdagi kabi tinçlik, farovonlik, tökinçilikda yaşaşni istayotgan insonlar kammi? Ammo baʼzi yurtdoşlarimiz borki, şukr qiliş örniga faqat noliydilar. Inson qölidagi neʼmatlarga şukur qilca, neʼmatlari yanada ziyoda böladi. Aksinça, noliş, inkor qiliş bilan esa qölidagi şu neʼmat ham yöqqa çiqadi, deyişadi. Bu bilan boriga şukr qilib, yöğiga könib yaşayveriş kerak, demoqçi emasman. “Olma piş, oğzimga tuş” degan bilan iş bitmaydi. “Harakatda – barakat”, deydi dono xalqimiz. Lekin ming afsuski, davlat idoralariga arz qilib boruvçi fuqarolarimizning köpçiligi bola nafaqasining vaqtida plastik kartalariga tuşmayotgani, mahallasida bir soat çiroq öçib qolgani, soğligida muammolar borligi, uyi davlat tomonidan taʼmirlab berilmaganidan nolişib, murojaat qiladilar. Mana şunday holatlarni körganimda, “Ey inson, 32 muçang soğ-salomat-ku, boşqalar singari halol işlab, mehnat qil. Davlatga boqimanda bölib yaşaşdan ne naf? Qaçongança şu alfozda davom etmoqçisan?” deb aytgim keladi. Axir hammasi insonning öz qölida-ku!
Dunyoga taniqli milliarderlar Alibaba Group asosçisi Jack Ma, ikkita qöli va rivojlanmay qolgan oyoqlari bilan maşhurlikka erişgan Nik Vuyçiçlar ham oddiy oila farzandlari bölgan. Bugungi havas qilgulik hayotlariga yetib kelgunlariça ular qança mehnat va maşaqqatlarni bosib ötmagan deb öylaysiz? Amudaryoda ham mana şunday jasorat timsollari köplab topiladi.
Ammo beş barmoq barobar bölmaganidek, yuqoridagi kabi arzimagan sabablar uçun oltindan qimmat vaqtini faqatgina noliş, norozilik kayfiyatida ötkazib yuboruvçi yurtdoşlarmiz ham afsuski, topiladi. Şu xil toifadagi hamyurtlarimizga yuzlanmoqçiman:
– Hayot, tinçlik deb atalmiş bebaho neʼmatlarning qadriga yeting. Bu dunyoga kelganimizning özi katta baxt. Fikr-u xayolingizni gözalliklar bezasin. Mehnat qilib, rohat toping. Eng şirin non öz qölingiz bilan topgan noningizdir.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶