AMUDARYo MUHANDISLIK TEXNIKUMIDA BOʻSh ISh OʻRINLARI MEHNAT YaRMARKASI VA “KARERA KUNI” OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi 5241-sonli Qaroriga asosan bitiruvchilar uchun xar bir tuman va shaxarda mexnat yarmarkalari va “Karʼera kuni”ni tashkil etish belgilangan. Prezidentimizning ushbu Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 22-iyul kuni Amudaryo muhandislik texnikumi binosida mexnat yarmarkasi, bitiruvchilar uchun “Karʼera kuni” oʻtkazildi.
Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi va “Karera kuni” tadbiri Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, Amudaryo tumani hokimligi, Amudaryo muhandislik texnikumi bilan xamkorlikda tashkil qilindi.
Mexnat yarmarkasini Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev ochdi va yarmarka ishtirokchilariga omad tiladi.
Yarmarkada Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, Amudaryo tumani hokimligi, Amudaryo muhandislik texnikumi tuman Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo boʻlimi, tuman Savdo-sanoat palatasi masʼullari qatnashdilar. Shuningdek, 61 ta korxona va tashkilotlar 329 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasiga tuman xududida yashovchi, ish izlovchi fuqarolar va Amudaryo muxandislik texnikumi, akademik litsey bitiruvchilari, oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilari, oliy taʼlim bitiruvchilari taklif qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlar, hunarmandlar, tijorat banklari, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻqitish oʻquv maskanlari oʻqituvchilari ham ishtirok etishdi.
Joriy yil mehnat bozoriga Amudaryo tumanida 4058 nafar bitiruvchi kirib keldi. Ulardan 2764 nafari umumtaʼlim maktablari, akademik litsey bitiruvchilari boʻlib, shundan 55 nafari akademik litsey bitiruvchilari, 417 nafari oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilari, 877 nafari oliy taʼlim bitiruvchilari hisoblanadi
Hozirgi kunda Amudaryo tumanida Qipchoq OFY, Qilichboy OFY, Xitoy OFY hamda Qangli OFY kasb-hunar oʻquv maskanlari faoliyat olib boradi.
Yarmarkada Qangli ovulida tashkil qilingan oʻquv maskanida tikuvchilik yoʻnalishida 3 oy davomida oʻqitilgan 20 nafar bitiruvchi xotin-qizlarga oʻqishni muvafaqqiyatli tamomlaganliklari munosabati bilan sertifikatlar topshirildi.
Yarmarkada 112 nafar, shundan 74 nafari joriy yilgi bitiruvchi yoshlar ham qatnashdilar. Doimiy ishga joylashish uchun 17 nafar fuqaroga yoʻllanma berilib, ishga joylashtirildi, 19 nafar fuqaro, shundan 4 nafari bitiruvchi yoshlar kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish kurslariga yuborildi, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga esa 15 nafar yoshlar jalb qilindi, 61 nafar fuqaroga, shundan 59 nafari bitiruvchi yoshlar boʻlib, mexnat qonunchiligiga oid masalalar, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, chet davlatlarda mexnat faoliyatini rasmiy ravishda amalga oshirish va boshqa masalalar boʻyicha maslahatlar berildi.
Muyassar XALILLAYeVA, Ravshan BAHROMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶