17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:30
Jamiyat 👁 365

EL BIRLAShIB, XAYRLI IShNING UDDASIDAN ChIQDI

EL BIRLAShIB, XAYRLI IShNING UDDASIDAN ChIQDI

Muqaddas islom dinimiz taʼlimotiga koʻra, inson vafot etgach, barcha amallari toʻxtaydi. Faqat joriy sadaqadan, elga manfaat keltiradigan ilmdan va uning haqqiga solih farzandlar qiladigan duodan doimo manfaat yetib turaveradi. Bu yerda joriy sadaqa deyilganda musulmonlarga doimiy ravishda foyda berib turadigan xayrli ishlar koʻzda tutilgan. Koʻpchilik foydalanishi uchun koʻprik qurish, quduq, ariq qazib suv keltirish shular jumlasiga kiradi.

Ajdodlarimiz asrlar davomida bajarib kelgan buningdek solih amallarning mazmun-mohiyati, qadri bizning davrimizda ham yuksak tutilmoqda. Yurtdoshlarimiz tashvishlariga yelka tutib, hayoti farovonlashuviga xizmat qilayotgan tanti hamyurtlarimiz koʻp.

Joriy yilning 13-iyulida Mangʻit shahrining Chordara mahallasida bir guruh tadbirkorlar, nuroniylar bamaslahat bir xayrli ishga qoʻl urdilar.

Maʼlumki ushbu mahalla hududida oqar suv necha oʻn yillardan beri muammo boʻlib kelayotgan edi. Hududda yashovchi aholiga ichimlik suvi ham vaqti-vaqti bilangina yetib borardi. Shu bois koʻchalar boʻylarida yashil daraxtlar kam, borlari ham suvsizlikdan rivojlanmay qolgan. Oʻz tomorqasini sugʻorish uchun baʼzilar yer quduqdan foydalansa, baʼzilar oqar suvni kutib yashaydi.

Buningdek, ahvol mahallada istiqomat qiluvchi ichki ishlar faxriysi, ayni kunda tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan Karomaddin Ibodullayevni ham oʻylantirib kelayotgan edi. U hududdagi tadbirkorlar Ozod Qurbonboyev, Jambul Boymurodovlar bilan birga mahalla fuqarolar yigʻini idorasiga borib, muammolarning yechimi boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

Yigʻin raisi Tursunboy Serikboyev ham ularni qoʻllab-quvvatlab, kerakli idoralarga murojaat qildi. Qisqa fursatda mahallaga oqar suv olib kelish yoʻli xaritasi, loyiha-smeta hujjatlari tegishli idoralar tomonidan tayyorlab berildi.

Shu tariqa Mangʻitning Durunki mahallasi boʻylab “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligi ekin maydonlariga suv yetkazib berib turgan ariqni 1,5 chaqirimcha uzunlikda qazib, tumanimizning avval “Telman yoʻl” deb nomlanib kelgan ulkan asfalt yoʻlini kesib oʻtib, Chordara mahallasiga oqar suv olib kelish ishlari boshlab yuborildi.

Shu yil 13-iyul kuni ushbu hayrli ishning boshlanishi ulkan tadbir tusini oldi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining ekskavatori ishni boshlash jarayonida tuman hokimligi masʼullari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, tadbirkorlardan tashqari mahallaning nuroniy keksalari Jumamurot Erimbetov, Qodir Davboyev, Tursunboy Xudoyberganov, Erkin Hayitboyev, Davlatboy Qilichevlar, shuningdek Saʼdulla Matkarimov, Baxtiyor Erkaboyevlar ishtirok etdilar.

Nuroniylar boshlangan ishning xayrli boʻlishini tilab, duoga qoʻl ochdilar. Shu tariqa Chordara mahallasining Nodirabegim, Zebuniso, Zavqiy va boshqa koʻchalariga oqar suv keltirish uchun ariq qazish ishlari boshlanib ketdi. Ariqning ulkan asfalt yoʻlni kesib oʻtuvchi qismiga chidamli truba tashlandi.

Endi Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi aholining necha yillik oqar suv orzusi ushaladigan boʻldi.

Yaqin kunlarda ariqqa suv yuboriladi. El birlashib, ushbu xayrli ishning uddasidan chiqdilar. Mahalla aholisi buning uchun begʻaraz yordamini ayamagan 4-sektor, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, mahalla fuqarolar yigʻini masʼullaridan, tadbirkorlardan juda minnatdor boʻlishdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026