20.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
20.11.2026, 21:41
👁 5,335

Mansur ÖROZBOYeV: «YoŞLARNING FAOL HARAKATI YuRTIMIZGA ŞUHRAT KELTIRMOQDA»

Mansur ÖROZBOYeV: «YoŞLARNING FAOL HARAKATI  YuRTIMIZGA ŞUHRAT KELTIRMOQDA»

2014-yilning 6-fevralida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” qaror qabul qilingan edi. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta özlaştirgan, har tomonlama soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkazişga qaratilgan yoşlarga oid davlat siyosatini izçil amalga oşiriş maqsadida qabul qilingan uşbu qaror va mazkur qaror bilan maʼqullangan "Özbekiston Respublikasida 2014-yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi”da belgilab berilgan vazifalarni bajariş yuzasidan Amudaryo tumanida ham bir qança işlar amalga oşirildi.

Biz"Kamolot” YoIH tuman Kengaşi raisi Mansur Örozboyev bilan şu xususda suhbatlaşdik.

– Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çoratadbirlar töğrisida”gi PQ-2124-sonli qarori va şu qaror bilan tasdiqlangan Dastur asosida tumanda qanday işlar amalga oşirildi?

- Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qaror va uşbu qaror bilan maʼqullangan Dastur ijrosini taʼminlaş maqsadida 2014-yil 20-fevral kuni tuman hokimligining kengaytirilgan yiğilişi ötkazilib, unda tegişli taşkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlarga qarordan kelib çiqadigan vazifalar batafsil tuşuntirildi. Şundan söng tuman hokimining "Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-2124-sonli qarori haqida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 7 ta yönalişdan va 67 ta banddan iborat çora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Mazkur dasturning asosiy ijroçisi – "Kamolot” YoIHning tuman Kengaşi tomonidan bir qança işlar amalga oşirildi. Jumladan, yoşlarning huquqiy madaniyatini şakllantiriş, demokratik davlat quriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş jarayonlarida ularning faolligini oşiriş, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovçi, keng dunyoqaraş va çuqur bilimga ega bölgan vatanparvar yoşlarni tarbiyalaş, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarşi immunitetni şakllantiriş kabi dolzarb vazifalarni bajariş borasida olib borilgan işlar samarasi yaqqol közga taşlanmoqda.

Albatta, bu işlarni amalga oşirişda "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini çuqur örganiş, mamlakatimizda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoşlarga tölaqonli tuşuntiriş, yoş avlodni uşbu jarayonlarga jalb etişga qaratilgan "Vatan kelajagi sening qölingda” tarğibot loyihasini amalga oşiriş, yoşlarni davlat hokimiyati organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan taniştiriş, ularning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bağişlangan "Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” tarğibot loyihasini amalga oşirişdagi faolligini taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlarimiz qöl keldi.

Yoşlarimizning faolligini oşiriş maqsadidagi intilişlarimiz ularning sport musobaqalarida, turli tanlovlar va bellaşuvlarda yuqori natijalarni qölga kiritişlariga yöl oçib berdi.

Şuningdek, yil davomida "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilotlari yetakçilari iştirokida ötkazilgan seminarlar, örta va örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida har xil mavzularda ötkazilgan tanlovlar, festivallar va boşqa bir qança tadbirlar - qarorlar va dasturlar ijrosini taʼminlaşda muhim omil böldi.

-Siz "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi raisi, tuman yoşlari yetakçisi sifatida boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini jonlantiriş masalasiga qanday qarayapsiz?

- Ayni kunda tumanimizda 47500 nafar "Kamolot” va 13000 nafardan ziyod "Kamalak” aʼzolari mavjud bölib, ular 116 ta "Kamolot” boşlanğiç taşkilotlariga va 75 ta umumtaʼlim maktablardagi "Kamalak” taşkilotlariga birlaşgan.

Boşlanğiç taşkilotlarimiz faoliyatini jonlantiriş maqsadida 2012-yil 27 fevralda Respublika Xalq taʼlimi vazirligi va "Kamolot” YoIH Markaziy Kengaşi tomonidan "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining umumiy örta taʼlim maktablaridagi boşlanğiç taşkilotlari faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida” qöşma qaror qabul qilindi. Uşbu hujjatga asosan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qator körik-tanlovlar va bellaşuvlar taşkil etib kelinmoqda. 2014-yilda tumanimizda 4 joyda "Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilotlari yetakçilarining hududiy seminarlari, "Eng namunali boşlanğiç taşkilot” körik -tanlovlari ötkazildi. XTMFMTTEB bilan birgalikda qabul qilingan qöşma qaror asosida boşlanğiç taşkilotlarga 30 yoşgaça bölgan oliy maʼlumotli öqituvçilar yetakçi qilib biriktirildi va ular turli xil uslubiy qöllanmalar hamda alohida xonalar bilan taʼminlandilar.

Boşlanğiç taşkilotlar yetakçilari faoliyatini kuzatganimizda biz har tomonlama faol yoşlarni birlaştirib, öziga ergaştira oladigan yetakçilar saylansagina, közlangan maqsadlarga erişiş mumkinligini his qildik.

-Hozirgi kunda jamiyatimizga turli manbalar orqali oqib kirayotgan yot ğoyalar maʼnaviyatimizga zavol bölişi şubhasiz. Şunday ekan, biz avvalo yoşlarimizni bunday yot ğoyalardan asraşimiz, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarşi immunitetni şakllantirişimiz lozim. "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi bu işga qay darajada eʼtibor berayapti?

– Prezidentimiz Islom Karimov "Yuksak maʼnaviyat–engilmas kuç” asarida taʼkidlaganidek, bugungi kunda inson maʼnaviyatiga qarşi yönaltirilgan, bir qaraşda arzimas bölib tuyuladigan kiçkina xabar ham axborot olamidagi globallaşuv şiddatidan kuç olib, közga körinmaydigan, lekin zararini heç narsa bilan qoplab bölmaydigan katta ziyon yetkazişi mumkin.

Bizning asrimizga kelib hayot surʼatlarining öta şiddatli va murakkab tus olgani, axborotning aql bovar qilmas darajada tez almaşinib borayotgani baʼzi bir ğör yoşlarimizning "ommaviy madaniyat”ga asoslangan turmuş tarzini tanlaşlariga sababçi bölişi mumkin. Bugun ayrim kuçlar tomonidan turli yöllar va vositalar orqali tarğib etilayotgan axloqsizlik, fikrsizlik, bir söz bilan aytganda, manqurtlik ğör yoşlarni öz domiga tortmoqda. Sönggi maʼlumotlarga köra, birgina internet tizimida ekstremistik ğoyalarni tarğib qiluvçi 500 dan ziyod saytlar faoliyat körsatayotgan ekan.

"Ommaviy madaniyat” dunyo yoşlarining hayot, borliq, madaniyat va sanʼatga bölgan qaraşlarini özgartirib, dunyoqaraşi va tuyğulari qaşşoqlaşuviga olib kelmoqda.

Biz tobora kuçayib borayotgan ğoyaviy xavf-xatarlarni muntazam ravişda olib boriladigan maʼnaviy tarbiya bilan yengişimiz mumkin. Şu maqsadda 2014-yilda 318 ta davra suhbatlari va seminarlar ötkazilib, ularda qilingan maʼruzalarda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oşirilgan buyuk bunyodkorlik işlari, inson qadr-qimmatini uluğlovçi yangilanişlar haqida, ayniqsa, yoşlarga körsatilayotgan ğamxörliklar, ularga yaratib berilayotgan şaroitlar va imkoniyatlar haqida köplab misollar yordamida gapirildi. Biz bunday işlarimizni joriy 2015 yilda ham davom ettirib, yoşlarimiz qalbida ona Vatanga muhabbat hissini köproq şakllantirişga, ularning Özbekiston – kelajagi buyuk davlat ekanligiga işonçlarini mustahkamlaşga harakat qilamiz.

- Tumanda yoşlarni va yoş oilalarni ijtimoiy himoya qiliş, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş, bandligini taʼminlaş va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etiş böyiça qanday işlar amalga oşirilayapti?

-2013-2014 öquv yilida tumanimizda mavjud 1 ta akademik litsey va 8 ta kasb-hunar kollejlarida 8560 dan ziyod öquvçi taʼlim-tarbiya olib, 38 ixtisoslik böyiça kasb-hunar örgandilar. Öquv yili yakunida ulardan 2588 nafari öz mutaxassisliklari böyiça işga joylaştirildi.

Kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan yoşlarimizning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqişlarini oşiriş maqsadida "Mening biznes ğoyam” deb nomlangan tanlovlar ötkazilib, ularda bir qança yoşlarimiz öz iqtidorlarini sinab kördilar. 2014 yilda 2 nafar öquvçimiz tanlovning Qoraqalpoğiston va Özbekiston Respublikalari bosqiçlarida muvaffaqiyatli iştirok etişga erişdilar. Tanlovning Özbekiston Respublikasi bosqiçida iştirok etgan 2 nafar öquvçimiz imtiyozli kredit sertifikatini olişga muvaffaq böldi.

Bitiruvçi yoşlarni iş bilan taʼminlaş va tadbirkorlikka jalb qiliş masalasiga ham alohida eʼtibor berilmoqda. 2014-yilda tumandagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvçi öquvçilaridan 102 nafariga kredit oliş uçun biznes rejalarini tayyorlaşga yordam qilindi vabanklardan kredit olişlariga şaroit yaratib berildi. Bunga qöşimça ravişda yana 18 nafar öquvçining hujjatlari tuman banklariga topşirildi.

Tumanimizda yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça ham bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Şulardan eng muhimi - ötgan yilning mart oyida tuman hokimining maxsus qarori asosida "Gulzor” mahallasi hududidan "Kamolot” uylari” qurilişi uçun 3 gektar yer maydoni ajratilib, quriliş işlari boşlanganligidir.

6 milliard 64 million sömlik loyiha qiymatiga ega bölgan 4 qavatli, 48 ta xonadonga möljallangan uşbu "Kamolot” uylari” yaqin vaqt içida yoş oilalarni öz bağriga oladi.

- Barkamol avlodni tarbiyalaşda ommaviy axborot vositalarining roli benihoya katta ekanligini biz yaxşi bilamiz. Bugungi kunda Siz rahbarlik qilayotgan "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi bu masalaga qanday qarayapti?

- Tumanimizda faoliyat körsatayotgan ommaviy axborot vositalari - "Taraqqiyot közgusi” va "Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb sayti va tuman televideniyesi yoş avlodnitarbiyalaşda muhim omil bölmoqda. Odatda yoş avlodga yöl-yöriq körsatiş, pand-nasihat beriş maqsadida ommaviy axborot vositalarida yoşi uluğ kişilarning, el katxudolarining çiqişlari taşkil etiladi yoki ularga söz beriladi. Xalq minbari hisoblanmiş matbuot naşrlari va televideniye orqali olib borilayotgan bunday tarbiya usullari yoşlarimizni hamişa Vatanni sevişga, yomon illatlardan saqlanişga daʼvat qilişda qöl kelmoqda.

Hozirgi kunda tumanimizda faoliyat körsatayotgan ommaviy axborot vositalarida yoşlarning özlarining çiqişlariga keng örin berilmoqda. Doimo olğa intiluvçan yoşlarimiz biror bir mavzu yuzasidan matbuot va internet naşrlarimizda çiqiş qilganlarida, albatta tengqurlariga özlari fikr yuritayotgan masala yuzasidan murojaat qilişadi yoki ularni jamiyatimizga yot bölgan illatlardan saqlanişga daʼvat qilişadi. Şunisi diqqatga sazovorki, yoşlar murojaati yoşlar tomonidan juda tez qabul qilinar ekan.

Hozirgi kunda "Kamolot” aʼzolaridan Aziza Madrahimova, Yulduz Tursunboyeva, Mohigul Erdoşeva, Qunduz Yusupova va Siroj Olimov singari faol yoşlarimiz "Taraqqiyot közgusi” va "Mening oilam” gazetalarida hamda amunews.uz veb-saytida özlarining köplab maqolalarini eʼlon qilişmoqda. Ular öz maqolalari orqali tengqurlariga milliy qadriyatlarimizni qadrlaş, odob-axloq, kiyiniş madaniyatiga eʼtiborli böliş, maʼnaviyatimizga zarar yetkazuvçi va yoşlarimiz ongini zaharlovçi buzğunçi ğoyalar taʼsiridan saqlaniş, mustaqil Vatanimizning munosib farzandlari böliş yuzasidan murojaat qiladilar.

Albatta, yoşlarimizning gazetalarimiz va internetdagi saytimiz orqali bunday çiqişlari öz samarasini bermoqda.

Biz kelgusida yoşlarimizning tuman televideniyesi orqali çiqişlarini ham taşkil etişga, TV orqali yoşlar hayotini keng yoritişga eʼtiborni kuçaytiramiz.

-Hozirgi kunda xorijda ham, özimizda ham mustaqil Özbekistonimizga "Yoşlar mamlakati” deya taʼrif berilmoqda. Bu-Özbekiston aholisining 60 foizidan köproğini yoşlar taşkil etayotgani tufayli berilgan taʼrifmi yoki uning boşqa sabablari ham bormi? Siz buni qanday izohlaysiz?

- Haqiqatan ham, Özbekistonimizda yoşlar köpçilikni taşkil qiladi. Mening fikrimça, Özbekistonga faqatgina aholining köpçilik qismini yoşlar taşkil etayotgani uçun bunday taʼrif berilayotgani yöq. Buning boşqa sabablari ham bor. Demoqçimanki, mamlakatimizda yoşlarga juda katta eʼtibor berilmoqda. Bizdagidek yoşlarga barça jabhalarda imkoniyatlar yaratib beriş, eng asosiysi, ularga işonç bildiriş hamma mamlakatlarda ham bölayotgani yöq. Işonç–bu masʼuliyat degani. Şu bois, yoşlarimiz zimmalaridagi masʼuliyatni çuqur his qilgan holda davlatimiz tomonidan özlariga bildirilayotgan işonçni töla oqlab, kelajagimizning haqiqiy vorislari ekanligini amalda isbotlamoqdalar, barça işlarda ham peşqadam bölişga intilmoqdalar. Yoşlarimizning faol harakati Özbekistonga faqat şuhrat keltirmoqda.

Özbekiston yoşlari muhtaram Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda haqiqatan ham Vatani, xalqi uçun kuraşga bel boğlagan, sofdil, irodasi mustahkam, közlari yonib turadigan yoşlardir.

Biz mamlakatimizning faol yoşlari orasida özlarining taşabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan közga taşlanayotgan amudaryolik yoşlar ham borligi bilan haqli ravişda faxrlanamiz.

-Kelgusida Harakat faoliyatini yanada yaxşilaş maqsadida qanday işlarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda?

- Bizning hozirgi kundagi orzularimizdan biri – bu Harakatning tuman Kengaşi qoşida "Yoşlar markazi”ni taşkil etiş. Agar biz "Yoşlar markazi”ni taşkil eta olsak, mahallalardagi uyuşmagan yoşlarga bepul til örgatiş, ularning iş bilan taʼminlanişiga yordamlaşiş, axborot texnologiyalaridan foydalanişini yölga qöyiş, dasturlaş işlarini taşkil etiş borasidagi muammolarimizni hal etgan bölardik.

- Siz bilan suhbatlaşib, tumanimizda "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman Kengaşi tomonidan olib borilayotgan işlar hamda yoşlarimizning jipslaşgan holda ona Vatan ravnaqi yölida harakat qilişayotgani haqida aniq tasavvurga ega böldik. Ayting-çi, "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi rahbari, yoşlar yetakçisi sifatida qaysi bir faoliyatingiz özingizni qoniqtirmaydi?

- Oçiğini aytsam, mahallalardagi uyuşmagan yoşlar bilan olib borayotgan işlarimiz meni unçalik qoniqtirmaydi. Çunki biz ular bilan yetarli darajada işlaşa olmayapmiz. Agar biz yuqorida aytilganidek "Yoşlar markazi”ni taşkil eta olsak, bu muammo töla hal böladi, deb öylayman. Biz şunga harakat qilayapmiz.

-Yangi 2015-yilda yoşlarga qanday tilaklar bildirasiz?

- Muhtaram Yurtboşimiz Islom Karimov: "Yoşlar–ertangi kunimizning işonçi va tayançidir” deb bizlarga, mamlakatimiz yoşlariga katta işonç bildirgan edilar. Yangi yilda men tumanimiz yoşlariga davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan işonçni oqlaş yölida har qaçongidan ham faol bölişlarini tilayman. Doimo soğ va omon bölişsin!

-Suhbatingiz uçun rahmat!

"Taraqqiyot közgusi” muxbiri Allambergan JUMANIYoZOV suhbatlaşdi.
🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026