22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 19:20
Jamiyat 👁 227

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zarur uskunalar olib berildi

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zarur uskunalar olib berildi

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mehr daftari” deya nomlangan ijtimoiy himoya daftarlari hayotga tatbiq etilishi bilan ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin­-qizlar va yoshlar turmush tarzida tub oʻzgarishlar yuz berganiga barchamiz guvohmiz.

Amudaryo tumanida ham yoshlar manfaatini himoya qilish, orzu-umidlari, iqtidor va salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni tadbirkorlikka oʻrgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali bandligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy koʻmak koʻrsatish maqsadida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy natijasini berib kelmoqda.

8-iyul kuni tuman hokimligi binosi oldida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 47 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga koʻmaklashish maqsadida kasbiy koʻnikma va malakasiga qarab xarid qilingan asbob-uskunalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailovlar ham ishtirok etishdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Yoshlarni oʻz ustida koʻproq ishlashi, tanlagan kasbini puxta egallab Vatanimiz koriga yaraydigan munosib farzand boʻlishlari lozimligini taʼkidladi.

3-sektor rahbari – tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov oʻz kasbi uchun zaruriy asbob-uskuna egalari boʻlayotgan yoshlarni tabrikladi. Kelajakda ushbu asbsob-uskunalar ularning yaxshi kunlarida xizmat qilishini aytib kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularning ish bilan bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning muammolarini hal etish borasida belgilangan chora-tadbir, ustuvor vazifalarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha erishilayotgan yutuqlar, koʻplab yoshlarning oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida ish yuritib, oilasi farovonligiga hissa qoʻshayotganligini eʼtirof etdi.

Tadbirda “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yoshlar tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimiga oʻzlariga koʻrsatilayotgan begʻaraz yordamlar uchun minnatdorlik bildirishib, bundan keyin samarali faoliyat yuritajaklarini va albatta, Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz turmushining yanada farovon boʻlishiga hissa qoʻshishlarini aytib oʻtdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026