Tuman hokimi Olmazor mahallasi yoshlari bilan uchrashdi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respubdikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-aprel kuni Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.
Mazkur yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2-iyun kuni Olmazor mahallasi hududida tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda mahalla hududida istiqomat qiluvchi “qizil” toifaga kiritilgan yoshlar bilan muloqot qilinib taklif va murojaatlari oʻrganildi.
Uchrashuvdan soʻng, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlardan Zubayda Komiljanova va Maxmudjon Madraximovlarning xonadonlariga tashrif buyurilib holidan xabar olindi va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Maʼlumot uchun atyish kerakki, bugungi kunda Olmazor mahallasida 14-30 yoshdagi 1020 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Ushbu yoshlar orasidan 502 nafari “yashil” toifaga, 518 nafari “sariq” toifaga, 34 nafari esa “qizil” toifaga ajratib olingan.
Joriy 2023-yilda mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy muammosi mavjud 22 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritish rejalashtirilgan.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶