Fuqaroligi bölmagan şaxslarni Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilişning huquqiy asoslari tuşuntirildi
Sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini hal qilişning samarali mexanizmi sanaladi. Fuqarolarga qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ortiqça ovoragarçilikning oldini oliş maqsadida mahallalarda taşkil etilayotgan sayyor qabullar orqali köpgina muammolar imkon qadar ijobiy hal qilinmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumanining Qum yop mahallasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi boşliği, mayor Baxram Ubbiniyazov, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi katta inspektori, mayor Azamat Yesnazarov, Amudaryo tumani Içki işlar bölimi boşliğining örinbosari, mayor Şarofat Joldasbayev va Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasi boşliği, kapitan Abdurahmon Umarovlar iştirokida sayyor qabul taşkil etildi.
Sayyor qabuldan közlangan maqsad − fuqaroligi bölmagan şaxslarga Özbekiston Respublikasi fuqaroligini beriş uçun kerakli bölgan hujjatlarni topşiriş tartiblarini tuşuntirişdan iborat böldi.
Uçraşuvda Amudaryo tumanida doimiy yaşovçi jami 332 nafar fuqaroligi bölmagan şaxslar bölib, şulardan 86 tasi Özbekiston Respublikasi fuqaroligini oliş istagini bildirgani aytib ötildi.
Qabulda iştirok etgan uşbu fuqarolarga endilikda Özbekistonda tuğilgan fuqaroligi bölmagan şaxslarga fuqarolik berişda uzluksiz 5-yil yaşaş şarti talab etilmasligi, bu esa “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi qonunda belgilab qöyilganligi batafsil tuşuntirib ötildi.
Özgartirişga köra, 2005-yil 1-yanvarga qadar Özbekistonda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan hamda muqaddam çet davlat fuqaroligida bölmagan şaxs xohiş bildirgan taqdirda, Özbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Şuningdek, ota-onasidan biri Özbekiston fuqarosi deb tan olingan, çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Özbekistonda yaşab kelayotgan bola xohiş bildirgan taqdirda, Özbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Undan taşqari, sayyor qabulda mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantiriş, aholiga davlat xizmatlarini körsatişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniş, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat körsatişda şaxsni identifikatsiyalaşning yagona mexanizmini joriy etiş maqsadida qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida identifikatsiya ID kartalarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Sayyor qabul davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişliça javoblar olişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶