FVB XODIMLARI FAXRIYLAR HOLIDAN XABAR OLIShDI
Uzoq yillar davomida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga ulkan hissa qoʻshgan ustoz-faxriylardan Bogʻ mahallasida yashovchi Otamurod Oʻrozaliyev tumanimizdagi Yongʻin xavfsizligi boʻlimida koʻp yillar ishlagan. Shuningdek, Oʻrtaqalʼa ovulidagi Baxtiyor Otajonov, Amir Temur ovulida yashovchi Hayitboy Rahmonovlar ham deyarli 40-yilga yaqin davr mobaynida sohada faoliyat koʻrsatishgan.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari Xotira va qadrlash kuni arafasida faxriylar holidan xabar olib, ular bilan suhbatlashishdi. Faxriylar ish faoliyatlari, boʻlib oʻtgan voqealar haqida soʻzlab, yoshlarga kerakli maslahatlar berishdi.

Shu kuni tuman FVB xodimlari Uyshin mahallasiga borib, oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan Soliboy Qurbonboyev xonadonida boʻlishdi va oilasi holidan xabar olib, sovgʻa-salomlar topshirishdi.
Behzod Allaberganov,
tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi
normativ-texnik boʻlinmasi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶