“Yangi Özbekistonning ibratli oilasi” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi
Oilalarni mustahkamlaş, ularni qöllab-quvvatlaş, oilaviy qadriyatlarni tarğib qiliş borasida keng kölamli loyihalar amalga oşirilmoqda.
Maʼnaviy-ahloqiy muhitni yaxşilaş, farovonlik darajasini oşiriş, xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşning huquqiy asoslari yaratilmoqda.
Amudaryo tumanida “Farovon oila sari” ğoyasi ostida “Yangi Özbekistonning ibratli oilasi” körik-tanlovi ötkazildi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova mamlakatimizda oilalar mustahkamligini kuçaytiriş, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni tarğib qiliş, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxşilaş, xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan qator çora-tadbirlar xususida gapirib ötdi.
15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan taşkillangan uşbu körik-tanlovda tumandagi mahallalardan eng namunali oilalar iştirok etdilar. Tanlovning sektor bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib tuman bosqiçiga yetib kelgan Nazarxan OFY dan Turdimuratovlar oilasi, Qiliçboy OFY dan Matyakubovlaar oilasi, Ayoqçi MFY dan Gulimbetovlar oilasi, Bobur OFY dan Allambergenovlar oilasi, QangliOFYdan Törayevlar oilasi faol iştirok etişdi.
Yakuniy natijalarga köra, Nazarxon OFY dan Turdimuratovlar oilasi ğolib bölib Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Barça iştirok etgan oilalarga esdalik sovğalari topşirildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶