FRONT ORTI MEHNAT FAXRIYLARIGA HURMAT-EHTIROM KÖRSATILDI
9-may – Xotira va qadrlaş kuni yurtimizda keng tantana qilinadi. Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan bobolarimiz jasoratini, matonatini çuqur hurmat bilan esga olamiz, janggohlardan omon qaytib, jismida uruş asoratlari bilan yaşayotgan sobiq jangçilar xotiralarini tinglab ibrat olamiz. Front ortida mehnat faxriylari tortgan oğir mehnat, fidoyiliklarini eşitib, bugungiday baxtiyor kunlarning qadrini çuqurroq anglaymiz.
Tumanimizda istiqomat qiluvçi 36 nafar front orti mehnat faxriylari hudud aholisining doimo hurmat-ehtiromida. Uruş yillarida qahatçilik, oğir mehnatdan ezilgan faxriylarimiz bugungiday dorilomon kunlarga şukrona aytib yaşaşmoqda.
Tumanimizda ham mehnat faxriylariga hurmat-ehtirom körsatiş borasida köpgina çora-tadbirlar amalga oşirildi. Ommaviy axborot vositalarida ular haqida turli materiallar yoritildi, maktab öquvçilari, ovul, mahalla fuqarolar yiğinlari masʼullari uylariga borib, xabar olişib, sovğa-salomlar hadya etişdi. Qahramonlar tilidan suronli yillar haqidagi xotiralarini tinglab, Vatanimiz tarixi haqida çuqurroq bilib oldilar.
Sana munosabati bilan har bir front orti mehnat faxriysiga 1 qop un, 2 litr moy, termos hadya etildi. 6 nafar faxriyga pul mablaği topşirildi. Uşbu sovğalarni tuman hokimi S.Yöldaşev, örinbosarlari R.Salayev, G.Soburova, “Nuroniylar” jamoatçilik Kengaşi raisi örinbosari B.Allamberganov, sektorlar rahbarlari, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölinmasi raisi A.Qöşayev, tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği örinbosari B.Boltaboyev faxriylarning uylariga birma-bir borib, tantanali suratda topşirdilar.
Nuroniy yoşga yetgan otaxon, onaxonlar özlariga körsatilayotgan buningdek hurmat-eʼtibordan köngillari yuksalib, çuqur minnatdorçilik bildirdilar. Yurtimizda tinçlik, osudalik barqaror bölişini tiladilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶