HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI AMALGA OShIRUVChI ORGANLAR VA MUASSASALARNING HAMKORLIGI
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar bilan hamkorlik qilishi koʻrsatib oʻtilgan.
Unga koʻra, huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, huquqbuzarlik sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish va qonunda koʻrsatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
Bundan tashqari, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit tizimini shakllantirib, ichki ishlar organlarining eng quyi boʻgʻinidan respublika darajasigacha samarali faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlarining zamonaviy qiyofasini yaratish, ularning masʼuliyati va kasbiy salohiyatini oshirish, jinoyatchilikning barcha koʻrinishlariga qarshi kurashish uchun zarur koʻnikmalarni shakllantirish hamda sohani toʻliq raqamlashtirishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.
Profilaktika inspektorining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish faoliyatida tashkiliy-taktik, metodik, kadrlar bilan va moddiy-texnik jihatdan taʼminlanish borasidagi muammolarni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, albatta, profilaktika inspektorining maʼmuriy javobgarlikni taʼminlash sohasida ijobiy samaralarga erishishiga xizmat qiladi.
Ravshanbek EGAMBERGANOV, IIV Akademiyasi 308-guruh kursanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶