SUD-TERGOV FAOLIYaTIDA ShAXSNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYa QILISh KAFOLATLANADI
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bu borada sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida taraflarning tortishuv tamoyili qoʻllanilishini yanada kengaytirish hamda ushbu sohada xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi.
Prezidentimizning 2020-yildagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ham xalqaro majburiyatlar, Inson huquqlari boʻyicha milliy strategiya qoidalarini bajarishga qaratilgan bu boradagi muhim hujjatlardan sanaladi. Unga koʻra sud-tergov faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Shu bilan birga, sud-tergov faoliyatiga xalqaro standartlar va ilgʻor horijiy tajribaga asoslangan yangi mexanizmlar joriy qilindi. Xalqaro standartlarni inobatga olgan holda sud-tergov faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Undan tashqari, shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan hollarda, uni guvoh tariqasida soʻroq qilish, unga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar biron-bir yozma yoki ogʻzaki koʻrsatuvlar olishni taqiqlandi. Farmonda bellgilangan tartibga koʻra voyaga yetmaganlar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda pensiya yoshiga yetgan shaxslarga nisbatan uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sud-tergov faoliyati sohasidagi bu kabi islohotlar Konstitutsiya ustuvorligi, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi va soha rivojini taʼminlaydi.
A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶