GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI
Tumanimizning ijtimoiy - siyosiy va ommabop nashri “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining ilovasi “Mening oilam” gazetasi tahririyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi eʼlon qilgan grant tanlovida “Nogironligi boʻlgan yoshlar orasida “Besh tashabbus” tamoyillarini keng joriy etish, ularni ijtimoiy-maʼnaviy yuksaltirish” yoʻnalishida “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” nomli loyihasi bilan bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi.
Qariyb olti oydan beri ushbu loyiha tahririyat xodimlari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinayapti. Loyiha doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida, ovul va mahallalarda nogironligi boʻlgan yoshlar ishtirokida turli tadbirlar, uchrashuvlar, tanlovlar oʻtkazilib, ular “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarga keng jalb qilinmoqda. Loyiha doirasida iqtidorli, imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirokida musiqa, sanʼat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik bilan shugʻullanib, daromad topayotgan yoshlarning tajribalari keng yoritilmoqda.
14-aprel kuni 36-sonli maktabda grant loyihasi rejasiga muvofiq ushbu hududda yashovchi imkoniyati cheklangan yoshlar uchun “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Tadbirda loyiha ijrochilaridan “Mening oilam” gazetasining maxsus muxbirlari Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganovalar ishtirok etdi.
Oʻquvchilarga dastlab Oygul Rajabova bugungi kunda hayotimizda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarining oʻrni, ahamiyati va undan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirish berib oʻtdi. Oʻquvchilar bilan mavzu doirasida doʻstona suhbat, savol-javoblar ham oʻrin oldi.
Shundan soʻng maktabning tajribali informatika fani oʻqituvchisi Sanjarbek Toʻxtaboyev yoshlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish yuzasidan dars oʻtdi va darsi soʻngida kompyuterdan foydalangan holda tezkor test savollarini yechish musobaqasini tashkil etdi.
Gʻoliblar har bir savolda oʻzgarib, bu haqdagi maʼlumotlar monitorda namoyon boʻlishi dars ishtirokchilari uchun juda hayajonli boʻldi. Oʻyin oʻquvchilarda ulkan qiziqish uygʻotdi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, imkoniyati cheklanganlar orasida iqtidorli, oʻqib-oʻrganishga chanqoq yoshlar koʻp. Ulardagi adabiyot, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, kasbiy faoliyat sohasidagi qiziqish va qobiliyatlarni yuzaga chiqarishda grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ravshanbek BAHROMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶