MISSIONERLARNING ALDOVIGA UÇMANG!
Tarix özga hududlarni zabt etiş maqsadida işlatiladigan uruş qurollari yillar davomida uzluksiz takomillaşib borganini körsatadi. Bugungi kunda esa, özga hududlarni zabt etiş uçun ularning aholisini mahv etiş şart emas. Zero, ongi va şuuri zabt etilgan, qaraş va kayfiyatlari kerakli yönalişga özgartirilgan yerlik aholi kömagida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qiliş mumkin bölib qolmoqda.
Missionerlikning asosiy maqsadi xristianlikni tarğib qiliş yöli bilan jamiyatda xayrixoh bölgan guruhlarni şakllantiriş va tarafdorlar sonini köpaytiriş orqali muayyan mamlakat va hudud ustidan nazorat örnatişdir. Yurtboşimiz taʼkidlaganlaridek. «...qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar öz maqsadlariga erişiş uçun avvalo zabt etmoqçi bölgan mamlakatlarning aholisi ongini öziga qaram qilişga intiladi».
Missionerlar qaysi yurtga kirsalar, öşa hududlardagi xalqlarni xristianlaştiriş yöli bilan ularning birdamligiga putur yetkaziş, içki nizolarni keltirib çiqariş orqali ularning rivojlanişiga tösqinlik qiliş, iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy jihatdan qaram va tobe qilişga harakat qiladilar. Masalaning ana şu jihatiga eʼtibor berilsa, missionerlik harakatlari ortida diniy zaminda millatni içidan bölib taşlaşga qaratilgan ğarazli siyosiy maqsadlar yotganini, u keltirib çiqaradigan fojealarni anglab yetiş qiyin emas.
Bu - missionerlar öz oldilariga qöygan maqsadlarga erişadigan bölsalar, ular faoliyat olib borayotgan mamlakatda ham xalqning parokandalikka yuz tutişi va maʼnaviy tanazzulning kelib çiqişi mumkinligi haqida xulosa çiqariş imkonini beradi.
Missionerlarning bugungi kundagi faoliyati heç bir mintaqa, heç bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini körsatadi. Bunday holatlarning oldini oliş uçun esa missionerlikning mohiyatini töğri anglaş, uni bartaraf etiş yölida maqsadli, tizimli va uzluksiz faoliyat olib boriş zarur böladi.
Abdurahmon hoji MATSAPAYeV,
tuman boş imom-xatibi.(Foto - http://zakovat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶