“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasining “Obod mahallam” nomli grant loyihasi doirasida Qangli ovulida tadbir ötkazildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oşiriş” mavzusida eʼlon qilingan 5-grant tanlovida Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tuman bölinmasi “Obod mahallam” nomli loyihasi bilan iştirok etib, 40,0 mln. söm grant mablağini yutib oldi.
Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasining uşbu loyihani amalga oşirişdagi asosiy maqsadi – atrof muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilişining oldini oliş, uni aniqlaş va unga çek qöyişga, tabiatni muhofaza qiliş faoliyati samaradorligini oşirişga hissa qöşiş maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatçilik ekologik nazoratini amalga oşiriş, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytiriş maqsadida uçraşuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar taşkil qiliş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, atrof-muhit muhofazasiga hissa qöşişdan iborat.
Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasining “Obod mahallam” nomli grant loyihasi iş rejasi 2022-yilning dekabr oyidan 2023-yilning dekabr oyigaça 12 oyga möljallangan. Joriy yil mart oyi uçun belgilanagan iş rejasiga muvofiq Qangli fuqarolar yiğinida tumanning Qipçoq hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari iştirokida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan atrof muhitni muhofaza qiliş, hududning sanitariya holati, uni obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş masalalari yuzasidan öz vakolati doirasida tegişli hududda joylaşgan korxonalar, muassasalar va taşkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eşitişga bağişlangan namunaviy yiğilişi ötkazildi. Yiğilişda Qiliçboy hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari va Qangli ovuli mahallakomlari hamda faollaridan jami 47 nafari qatnaşdi.
Yiğilişda mahalla raisi, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi, Qangli QVP mudiri va 29-67-sonli umumtaʼlim maktabi direktorlarining 2023-yilning I çoragi davomida atrof muhitni muhofaza qiliş, hududning sanitariya holati, uni obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş masalalari yuzasidan amalga oşirgan işlari böyiça hisobotlari tinglandi.
Şuningdek, atrof muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tuşuntiriş maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi mutaxassisi X.Sultanov, Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi yetakçi mutaxassisi B.Turabayevlar qatnaşib, mavzu böyiça maʼruza qildilar hamda masalaga oid tarqatma materiallar tarqatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶