"Bir kuni afandi..."
Samimiy kulgu. Yengil kinoya. Hazil-huzul. Ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Kun davomidagi çarçoq, turli köngilsizliklar va baʼzida tuşkun kayfiyatni kulgu bilan yengamiz. Kulsak dilimiz yayraydi, çehramiz yorişadi. Pozitiv kayfiyatda yuradigan insonlardan energiya olamiz.
Kuliş bu- gözal neʼmat. Kuldiriş - isteʼdoddir. Kulgu haqida söz ketar ekan, xalqimiz orasida özining samimiy latifalari, mutoyibalari bilan maşhur Nasriddin Afandi köz oldimizga keladi. Aynan bugun yaʼni 1-aprel kunini Afandining tuğilgan kuni, kulgu kuni sifatida nişonlaymiz. Şu kunda samimiy hazillar bilan bir-birimizni "aldaymiz".
Xöş, özi Nasriddin Afandi kim? Uning 1-aprel sanasi bilan boğliqligi bormi?
Afandi – turkiy xalqlar oğzaki ijodidagi obraz. Ismi Xöja Nasriddin (Afandi laqabi). U özbeklarda Afandi (Nasriddin afandi), turklarda Xoja Nasriddin, qozoqlarda Xöja Nosir, ozarbayjonlarda Mulla Nasriddindir. Afandi barça latifalarda mard, töğri söz, haqiqatgöy, adolatni uluğlovçi, kambağal, beva-beçoralarning homiysi, şuningdek şaxs va jamiyat kamçiliklari ustidan kuluvçi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilarning, sözi bilan işi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini foş etgan, ularga bölgan munosabatini yengil mutoyiba yoki aççiq hajv orqali ixçam va obrazli tarzda ifodalagan. Afandi haqidagi xalq ijodi bölmiş latifalar töplam holida bir neça bor naşr etilgan.
1-aprel. Kulgi kuni yoki hazil kuni. Köp mamlakatlarda şu kuni odamlarni hazil qilib aldaş urfga aylangan. AQŞda hazil qurboni «aprel ahmoği» deb ataladi.
Hazil kuni udumi qayerda boşlanganini heç kim bilmaydi. Baʼzi tarixçilar bu odat Frantsiyada boşlangan bölişi mumkin, deb işonadi. U yerda eski yangi yil bayrami 25-martdan 1-aprelgaça nişonlangan va odamlarning sovğa almaşişi bilan yakunlangan. 1560-yillarning örtalarida Qirol Çarles IX yangi yilni 1-yanvarga surgan. Yangi yilni şundan keyin ham aprelda nişonlaganlar «aprel baliqlari» deb atalgan va ularga hazil bilan masxaralab sovğalar yuborilgan.
Aslida kuliş uçun 1-aprelni kutiş şart emas, biz soğ-salomat uyğongan har bir tong, emin-erkin harakatda bölayotgan har bir daqiqamiz baxt. Şunday ekan, doimo kulib yuring!
Internet materiallari asosida Aziza MADRAHIMOVA tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶