KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞIŞ – DOLZARB VAZIFA
Dunyo miqyosida insoniyatning azaliy muammolaridan biri bu – korruptsiya. Çunki uşbu illat har qanday mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga salbiy taʼsir körsatadi.
Özbekiston Respublikasida bu boradagi islohotlarning samarali amalga oşişiga zamin yaratuvçi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini özida aks ettirgan Qonunçilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan va Prezident 2017-yil 3-yanvar kuni imzolagan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida” Qonun amalga kiritildi. Mazkur qonun 34 moddadan iborat bölib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat. Qonunda korruptsiya, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar töqnaşuvi kabi yangi tuşunçalar kiritilgan.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari sifatida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ularga çek qöyiş, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlaş masalalari öz aksini topgan.
Yana bir muhim jihatlaridan biri sifatida aytiş mumkinki, Qonunning 28-moddasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida axborot berayotgan şaxslar davlat himoyasida bölişi belgilangan.
Taʼkidlaş joizki, korruptsiyaga qarşi kuraşiş – dolzarb vazifa sanaladi. Şu sababli korruptsiya kelib çiqişiga yöl qöymaslik, qonunlarning öz vaqtida ijro etilişini taʼminlaş, uni keltirib çiqaruvçi holatlarning oldin oliş çoralarini köriş kabilar davlat organlari masʼullari bilan birgalikda fuqarolarning ham vazifasi bölişi kerak. Şundagina jamiyat rivojiga salbiy taʼsir körsatuvçi uşbu illatni tag-tomiri bilan yöqotişga erişamiz.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶