AMUDARYoDA YaNGILANAYoTGAN KONSTITUTsIYa TARĞIBOTIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanida Yangi Özbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi tarğibotiga bağişlangan katta tadbir bölib ötdi.
29-mart kuni tuman hokimligi binosi yonida bölib ötgan tadbirda Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Aktam Haitov hamda senator Bahodir Tajiyevlar qatnaşdi. Şuningdek, tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga tumandan saylangan deputatlar, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, partiyalar faollari, umumtaʼlim maktablari öqituvçilari, fermerlar, yoşlar vakillari iştirok etişdi.
Tadbirda sözga çiqqan Aktam Haitov hamda Bahodir Tajiyevlar Boş qomusimizga kiritilayotgan özgartişlarning mazmun-mohiyati xususida tuşunçalar berişdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtimizda qonun ustuvorligini taʼminlovçi mustahkam xuquqiy poydevor – kelajagimizning işonçli kafolati ekanligi haqida batafsil sözlab, loyihani işlab çiqişda keng jamoatçilik, siyosiy partiyalar, jamoat taşkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol iştirok etganini bayon etişdi.
Loyiha umumxalq muhokamalariga qöyilganidan söng, 220 mingdan ziyod takliflar kelib tuşgani, uşbu takliflar ham eʼtiborga olganini aytib ötildi. Şunga köra yangilanayotgan Konstitutsiya tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasiga aylangani eʼtirof etildi. Şuningdek, Yangilanayotgan Konstitutsiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasiga tegişli qismi özgarişsiz qoldirilgani qayd etib ötildi.
Şundan söng sözga çiqqan faxriy öqituvçi Tursunboy Abdullayev, 82-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari Mohira Yusupova, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Barno Samandarova va boşqalar “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi töğrisida”gi Qonun umumxalq referendumida ovozga qöyilişi va referendum joriy yilning 30-aprel, yakşanba kuniga belgilangani, uşbu tarixiy hodisaga befarq bölmaslikni aytib, boşqalarni ham ovoz berişga çaqirdi.
Taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasidagi moddalar soni 128 ta bölgan bölsa, yangi Qomusda ularning soni 155 tani taşkil etadi, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oşirilgan. Amaldagi Konstitutsiyamizning 65 foiziga özgartiriş kiritilgan. Aytib ötilganidek, loyihada davlat yoşlarning şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinişini taʼminlaşi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol iştirok etişini rağbatlantirişi alohida meʼyorlar bilan mustahkamlangan. Unga köra, yurtimizda yoşlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan şakllanişi hamda rivojlanişi uçun, ularning taʼlim oliş, soğliğini saqlaş, uy-joy, bandlik va dam olişga bölgan huquqlarini amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiladi.
Kötarinki ruhda ötgan tadbir davomida tuman Madaniyat bölimi xonandalari Vatan, tinçlik haqidagi qöşiqlarni ijro etib, iştirokçilarga xuş kayfiyat ulaşdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar barçani 30-aprel kuni bölib ötadigan umumxalq referendumida kelajagimiz va haq-huquqlarimiz kafolati uçun ovoz berişga çaqirdi.
Şundan söng, masʼullar “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga qaraşli ösimlik yoğ-moy işlab çiqariş zavodiga taşrif buyurib, işçi-xodimlar bilan suhbatlaşişdi. Suhbat davomida zavod işçi-xodimlariga Konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson huquq va erkinliklari yanada mustahkamlanganini misollar bilan tuşuntirişdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya jonajon Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz hayoti, huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini taʼminlaşda muhim örin tutişini aytib, bölib ötadigan umumxalq referendumida faol qatnaşişga çaqirişdi.
Masʼullar 40-sonli umumtaʼlim maktabi hududida taşkil etilgan “Fermerlar boği”ga ham taşrif buyurişdi. Boğda yangi ekilgan mevali daraxt köçatlari yaxşi parvariş qilinayotganini körib, kerakli tavsiya va maslahatlar berişdi. Şuningdek maktab pedagoglar jamoasi bilan ham uçraşib, yangilanayotgan konstitutsiyaviy qonun loyihasining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş böyiça qator huquqiy asoslar keltirib ötilgani, Asosiy qonunga kiritilayotgan özgartirişlar bilan soha xodimlarining konstitutsion huquqlari, manfaatlari, maqomi mustahkamlanişini aytib ötişdi. Öz navbatida mazkur huquqiy özgartirişlarning soha rivojidagi örni xususida pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglandi. Masʼullar öqituvçilarni öz fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda referendumda faol iştirok etişga çaqirişdi.
Taşrif “Amudaryo tomorqa xizmati” klasterida davom ettirildi. Masʼullar klasterdagi iş jarayoni bilan yaqindan tanişdi. Korxonaga qaraşli tsexlarda tayyorlanayotgan pişiriq va nonlar, 750 tonnalik siğimga ega muzlatgiçda saqlanayotgan sabzavot va meva-çeva zahirasi, 50 sotixlik issiqxonada yetiştirilayotgan sabzavotlarni körib, tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça öz takliflari va maslahatlarini berişdi hamda tadbirkorlarni ham referendumda faol iştirok etişga çorlaşdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶