Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan press-tur taşkil etildi
Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan tumandagi maktabgaça taʼlim taşkilotlarida yoş avlod tarbiyasi borasidagi işlarni örganiş maqsadida press-tur taşkil etildi. Unda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova, Amudaryo televideniyesi muxbiri Aziza Madrahimova, foto muhbir Mahmudjon Şamurodov, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari iştirok etişdi.
Press-tur doirasida 43-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotiga sayohat uyuştirildi. Taʼlim taşkiloti mudirasi Manzura Jumaniyozova taşkilot haqida batafsil maʼlumotlar berib ötdi. Bugungi kunda 194 nafar tarbiyalanuvçi qamrab olingan uşbu taşkilot 1992-yilda öz iş faoliyatini boşlagan bölib vaqtlar ötişi bilan taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. 2015-yilda muassasada joriy taʼmirlaş işlari olib borildi. Hamda bu orqali muassasaning moddiy texnik bazasi ança yaxşilandi.
2008-yildan buyon mudira sifatida işlab kelayotgan Manzura Jumaniyozova bolalar bilan işlaş unga alohida zavq bağişlaşini, bolalarsiz hayotini tasavvur qila olmasligini faxr bilan tilga oldi.
Mehmonlar muassasadagi ahvolni töliq örganişdi. Bolalarning tajribali pedagoglardan taʼlim olayotganiga, ular uçun taşkil etilayotgan öquv maşqlari yoşiga va dunyoqaraşiga töla mos kelişiga guvoh bölişdi. Şuningdek, tarbiyalanuvçilarning şaxsiy gigiyena vositalari bilan töliq taʼminlangani va ularning ozodalik qoidalariga rioya qilingan holda saqlanişi tekşirildi. Undan taşqari bolalarning yotoq joylari, tartibi va ozodaligi közdan keçirildi.
Jurnalistlar, tarbiyalanuvçilarning soğligi, tibbiy holati doimo nazorat ostida bölişi kerakligi, ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazilgandan keyingina işlatilişi lozimligi taʼkidlandi. Press-tur davomida oşxona jihozlarining ozodalagi, kundalik işlatiluvçi buyumlaring yaroqlilik holatlari örganildi. Şuningdek, qatnaşçilar bolalar uçun har kuni tuşlik paytida tayyorlanuvçi taomlar röyhati bilan qiziqişdi. Bolalar uçun tayyorlanayotgan taomlar vitamin va oqsillarga boy ekanligiga, sifatli va toza oziq-ovqat mahsulotlari işlatilayotganligiga guvoh bölişdi.
Press-tur doirasida maktabgaça taʼlim taşkiloti mudirasi Manzura Jumaniyozova jurnalistlar tomonidan berilgan barça savollarga javob berdi.
Şu örinda aytiş kerakki, farzandlarimizning ösib-unib kamolga yetişida oila, boqça, maktab jipsligini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab ostonasiga qadam qöyiş uçun endi tayyorgarlik körayotgan bolalarga qançalik çuqur bilim va yaxşi tarbiya berilsa u maktabda ham davom etadi, rivojlanadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan taşkil etilayotgan bu kabi tadbirlar jurnalistlar va ota-onalarni qiziqtirgan köplab savollariga javob olişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶